Hakim Fuzaylov: "So'nggi o'yinimizni 3 kun oldin o'tkazgandik, yigitlarda charchoq alomatlari sezildi"
19 iyu 22:42
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "So'nggi o'yinimizni 3 kun oldin o'tkazgandik, yigitlarda charchoq alomatlari sezildi"
Superliganing 13-turi doirasida "So'g'diyona"- "Xorazm" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida qatnashdi.
"Bugun juda issiq bo'ldi. Biz deyarli uch kun oldin o'yin o'tkazgandik. O'yin tig'iz bo'lgani uchun yigitlar tiklanib ulgurganicha yo'q. Umuman olganda jamoamizda yuguradigan futbolchilar ko'p. "So'g'diyona"ni g'alaba bilan tabriklayman. Garchi bizda charchoq alomatlari bor bo'lsa-da, o'yin teng kurashlar ostida o'tdi va bu muxlislarga maqul keldi. "So'g'diyona" gol urdi, biz esa buni uddalay olmadik. Barchasini ko'rib chiqamiz, futbolchilarni keyingi o'yinga tiklash kerak. Chempionat davom etadi, hali birinchi davra yakunlanganicha yo'q. Barcha o'yinlar oldinda", - dedi Hakim Fuzaylov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar