Hakamlar qaysi klub foydasiga ishladi? Qaysi hakam eng ko'p xatoga yo'l qo'ydi? Ekspertimizdan mavsumning yakuniy xulosalari
17 dek 2024 12:06
Yangiliklar
Hakamlar qaysi klub foydasiga ishladi? Qaysi hakam eng ko'p xatoga yo'l qo'ydi? Ekspertimizdan mavsumning yakuniy xulosalari
Mavsum yakunida esa barcha xatolar sarhisobini jamladik.
Hakamlar "Nasaf" (11) va "Lokomotiv" (12) foydasi uchun eng ko'p xatoga yo'l qo'ygan. SHu bilan birga, qarshiliklar ishtirokidagi o'yinlarda raqib jamoalar foydasiga 8 ta, "temiryo'lchilar" ishtirokidagi bahslarda esa qarama-qarshi jamoa manfaati uchun atigi 3 ta xatoga yo'l qo'yilgan. SHu tariqa, "Lokomotiv" hakamlar xatolaridan eng katta naf ko'rgan jamoa bo'ldi (+9). "Nasaf"da xatolar balansi +3 ni tashkil etadi. Keyingi o'rinlarni OKMK (7 ta xato jamoa foydasiga, 1 ta xato jamoa zarariga, umumiy balans +6) va "Qizilqum" (9 ta xato jamoa foydasiga, 2 ta xato jamoa zarariga, balans +7) egallagan.
Hakamlardan eng ko'p jabrlangan jamoa "Olimpik" bo'ldi - klub zarariga 14 ta xato qaror qabul qilingan. Ammo "olimpiyachilar" foydasiga ham anchagina xatolar qilinganini tan olish kerak - 7 ta. "Olimpik"ning umumiy balansi -7 ni tashkil etdi. Ikkinchi o'rinda "Bunyodkor" joylashgan (3 ta xato jamoa foydasiga, 9 ta xato jamoa zarariga, balans -6).

Hakamlarga kelsak, tahlillarimiz natijalariga ko'ra, eng ko'p xato G'ayrat Jo'raevda qayd etilgan - 12 ta. Ikkinchi o'rinni PFL tomonidan Superligada mavsumning eng yaxshi hakami deb etirof etilgan SHavkat Nasibullaev (8 ta) egallagan. Firdavs Norsafarov va Abdurashid Xudoyberganov hisobida 6 tadan xato mavjud.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar