So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  49 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Hakamlar ham totalizatorga aralashishi mumkinmi va u qanday bo'ladi? Yangiliklar

Hakamlar ham totalizatorga aralashishi mumkinmi va u qanday bo'ladi?

Elyor Tursunov yolg'iz bo'lmasa kerak?

Elyor Tursunov chetlatilganida, o'zimizda Faxriddin Ro'ziev rosa unini yonini olganida, ularni himoya qilmagin degandim.

Bugun u kishim totalizator o'ynaganlari aniqlanib, O'FA tomonidan chetlatildi.

Hakam qanday qilib o'yinga "stavka" qilishi mumkin?

Nechta sariq bo'ladi?

Nechta qizil bo'ladi?

O'yinda penalti bo'ladimi yoki yo'qmi?

Bu ishlarni klublarga bildirmay ham amalga oshirsa bo'ladi. CHunki hakam istasa, oddiy vaziyatdan ham qizil kartochka yasasa bo'ladi, huddi shunday penalti ham, albatta u o'yinda VAR bo'lmasa.

2021 yil ancha gullagan ekanlar "bratan".

"Bunyodkor" - "Qizilqum" bilan mavsum alo kayfiyatda boshlangan. 8ta sariq, 1ta penalti.

"Paxtakor" - "So'g'diyona" o'yinida 9ta sariq kartochka ko'rsatgan ekanlar.

"So'g'diyona" - "Nasaf"da esa 8ta sariq, etmaganiga 2ta penalti. 

"Neftchi" - "Xorazm"dayam "kush" urilgan bo'lsa kerak, 6ta sariq, 2ta qizil.

Menimcha shu o'yinlar aniq bor, chunki u bitta emas, ikkita emas, bir nechta o'yinda ish qilganligi haqida malumot bor.

Totalizatorga pul tikilganligi isbotlangan barcha o'yinlardagi inspektorlarni ham tekshirish lozim. CHunki, agar ular atayin berilgan sariq, qizil va penaltilarga ko'z yumib yaxshi baho qo'yib yurgan bo'lishi kerakki, Tursunov  uzoq vaqt davomida bu ishni qilib kelgan. 

U bilan o'sha o'yinlarda ishlagan qanot hakamlarini ham yaxshilab nazoratdan o'tkazish darkor.

Yana bir marotaba aytaman, agar maydonda to'p tepayotgan futbolchi katta maosh olayotgan bo'lsa, bu uning aybi emas, mehnati. SHunday ishga qo'l urayotgan hakamlar, men ham futbolchi kabi 10-15 ming dollar topishni istayman desa, boshqatdan tug'ilib, futbolchi bo'lsin. Hammani rizqi bor, hech kim ortig'iga erishmaydi. Oyiga 200 dollar ham olmaydigan futbolchi bor. Huddi shunday hakamlar ichida FIFA, OFK darajasiga chiqib, xalqaro o'yinlardagi mukofotlarini oshirib borayotganlari ham bor. Hamma sohada ishlagan odam yaxshi daromad qiladi.

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика