So’nggi yangiliklar

23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  3 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  8 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  1 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  5

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar

O'tgan bir hafta ichida jahon va Evropa matbuotida yangragan mashhur murabbiy va futbolchilarning eng sara fikrlarini keltirib o'tamiz.

- "Bu mezbonlar uchun o'yinning eng achchiq qismi bo'ldi. SHunday hashamatli stadionda muxlislar menga qarsak chalishganini ko'rib ochig'i hayron qoldim. "Yuventus" haqiqatan buyuk jamoa, bu erda ko'plab mashhurlar o'ynagan. Muxlislarning menga nisbatan chapak chalishgani har doim qalbimda qoladi". ("Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Buffon darvozasiga "qaychi" usulida gol urganidan keyin "Yuve" muxlislari uni olqishlagani haqida)

- "Men hozirgi ko'rinishimdan o'zgara olmayman. Men faqat taktika va tahlillar bo'yicha ish qiladigan murabbiy emasman. Ko'proq ichki hissiyotlarimga quloq solaman. Qarorni ham qalbimga qarab qabul qilaman. Yo'qsa futbolning men uchun kompyuter o'yinidan farqi qolmasdi. Futbolda taktik murabbiylar ko'p, men esa boshqachaman". ("Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri murabbiylik uslubi haqida)

- "Bir necha yil oldin Angliya futbolida 10-raqamli futbolchi boshqa chiqmasa kerak deb aziyat chekkandim. Ispaniyaga qarang, Inesta, Fabregas, Isko, David Silva - ularning har biri 10-raqamli libosni kiysa o'ynab keta oladi. Ispaniya iqtidorli o'yinchilarni etishtirib berish bo'yicha juda kuchli. Ammo oxirgi paytlarda Angliyada ham shunday futbolchi ko'zga tashlanmoqda. Bu - Rahim Sterling. Sterling "Siti"da ko'pincha o'ng qanotda o'ynaydi, ammo terma jamoaga kelganda #10 futbolchi qilishi kerak bo'lgan ishni qoyillatib bajaryapti". (Angliyalik taniqli murabbiy Jeymi Rednapp Rahim Sterling haqida)

- "Men 45 yoshdaman, lekin bu faqat qog'ozdagi raqam, xolos. Men har kuni mashg'ulotlarda qattiq ishlayman, iloji yo'q degan so'z mening lug'atimda yo'q. Toki jahon chempionatiga borish imkoniyati bor ekan, oxirigacha harakat qilaman". (Misrlik darvozabon Essam El Hadari 45 yoshda bo'lishiga qaramay, mundialga borish istagi haqida)

- "Men qanday qilib bu dajaraja etdim? Birinchi navbatda Pep Gvardiola tufayli. U doim futbolchilar haqida qayg'uradi. Uning uchun to'pni qabul qilib olgandan so'ng dastlabki qarorni chiqarish juda muhim. U doim menga aytgan: to'p senga keldimi, nimadir qilishdan oldin atrofga yaxshilab qara va keyin qaror chiqar. Gvardiola har doim futbolchilarning xatosini ko'ra oladi. U futbolni juda chuqur tushunadi. Har qanday raqibga qarshi unda aniq reja bor". ("Bavariya" futbolchisi Joshua Kimmix faoliyatiga katta tasir ko'rsatgan Pep Gvardiola haqida)

- "Menga Robin Gud qattiq tasir qilgan. Yoshligimda minglab hikoyalar o'qirdim, chunki kitob o'qishni yoqtirardim. Boris Bekker mening yoshimda "Uimbldon"ni yutishi mumkin, bunga ishonaman. Umuman sportda hamma narsa bo'lishi mumkin. Lekin men hech qachon Lotar Matteus kabi futbol o'ynay olmasdim. SHu bois murabbiy bo'lishga ahd qildim. Men hech qachon dunyoning eng kuchli murabbiyi bo'lishga harakat qilmaganman, shunchaki o'z ishimni sidqidildan bajarishga intilganman, xolos". ("Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'z kasbi haqida)

- "Agar yigirma yil oldin bergan intervyularimni qidirib topsangiz, kelajakda Afrika jamoalaridan biri jahon chempioni bo'lishi haqida gapirganimni ko'rasiz. To'g'ri, haliyam Afrika jamoasi chempion bo'lgani yo'q, lekin yaqin yillar ichida bu voqea albatta ro'y beradi". (Sobiq futbolchi Erik Kantona Afrika jamoalaridan biri yaqin kelajakda mundialni yutishi haqida)

- "Bu biz uchun juda muhim jahon chempionati bo'ladi. Jamoamiz mundialga tayyor. Biz to'rt yil oldin Braziliyada, ikki yil avval Franciyada o'ynadik va ancha tajriba to'pladik. Agar yanada yaxshi o'yin ko'rsatsak, o'z muxlislarimizni xursand qila olamiz". (Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aksel Vitsel jahon chempionatidan nimalar kutayotgani haqida)

- "Krishtianu amalga oshirayotgan bazi ishlarni faqat uning o'zi qila oladi. Uning "Yuventus"ga urgan "qaychi" uslubidagi goli juda chiroyli chiqdi. Lekin men Glazgodagi finalda undan-da chiroyli gol urgandim". ("Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning Ronaldu urgan golga munosabati)

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика