Parti faoliyatini La Ligada davom ettiradi
04 avg 17:02
Yangiliklar
Parti faoliyatini La Ligada davom ettiradi
Bungacha Londonning "Arsenal" jamoasida to'p tepgan ganalik yarim himoyachi Tomas Parti tez orada ispan klublaridan biri bilan shartnoma imzolaydi.
Insayder Devid Ornshteynning so'zlariga ko'ra, 32 yoshli ganalik erkin agent "Vilyarreal" bilan 2 yillik bitim imzolashga yaqin turibdi. Tayanch yarim himoyachisi Ispaniya jamoasi safida allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tgan.
Parti yangi mavsumda Chempionlar Ligasida o'ynash imkoniyati tufayli faoliyatini "Vilyarreal"da davom ettirishga qaror qildi.
Tomas Parti o'tgan mavsum "Arsenal" tarkibida Angliya chempionatida 35 o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga muallif bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar