So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

"Navbahor" 7 kun ichida FIFA taqiqidan qutulishi, sobiq futbolchilari oldidagi qarzlarini to'lab berishi lozim - PFL Yangiliklar

"Navbahor" 7 kun ichida FIFA taqiqidan qutulishi, sobiq futbolchilari oldidagi qarzlarini to'lab berishi lozim - PFL

Yozgi transfer oynasi yopilishiga 9 kun vaqt qoldi.

Liga "Navbahor" klubining yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishi yuzasidan o'z xavotirini bildiradi

"30 iyul sanasi tugashi bilan Liga musobaqalarida ishtirok etayotgan klublar uchun futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish tizimi yopiladi. 

Ayni vaqtda barcha klublar Liga bilan o'zaro shartnomalarni muvofiqlashtirish ustida ish olib bormoqda. "Navbahor" klubi esa nafaqat mazkur masala yuzasidan kechikmoqda. Balki ikki katta muammo qarshisida turibdi. 

Birinchidan, "Navbahor" yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazish huquqiga ega emas. Boisi, FIFA Giorgi Nikabadze davosini qanoatlantirgan bo'lib, klub o'z sobiq futbolchisi oldidagi qarzdorligini bartaraf qilmagunga qadar, "Navbahor" uchun transfer taqiqini joriy qilgan. 

Ikkinchidan, "Navbahor" shu yilgi qishki transfer oynasi davomida sobiq futbolchilari Jamshid Iskanderov, Farruh Sayfiev, Jamshid Boltaboev oldidagi qarzlarini to'lab berishi lozim edi. Biroq keyinchalik O'zbekiston futbolchilari uyushmasi va davogar futbolchilar "Navbahor" bilan kelishib, qarzdorlik bosqichma-bosqich bartaraf qilinishini nazarda tutuvchi hujjatni imzoladi. O'FUning 19 iyul kuni Liga hamda O'FA tegishli qo'mitasiga yozgan xatida "Navbahor" kelishuvlarga amal qilmagani ko'rsatib o'tilgan. Bu kabi holat qayta-qayta takrorlanayotganidan kelib chiqib, Uyushma endilikda faqatgina taqiq bilan cheklanib qolmay, FIFA nizomlari asosida "Navbahor" klubidan 6 ochko olib tashlash davosini ilgari surgan. 

Ligaga malum bo'lishicha, "Navbahor" yozgi transfer oynasi davomida bir qator yangi futbolchilarni o'z safiga qo'shib olgan. Biroq ularni ro'yxatdan o'tkazish masalasi hozircha ochiq turibdi. Oldindagi 9 kun davomida klub avvaliga FIFA qo'ygan taqiqni olib tashlashi, keyinchalik O'FU bilan kelishuv shartlarini bajarishi, shuningdek, Liga oldidagi majburiyatlariga etibor qaratishi lozim. 

Malumot uchun, 26-27 iyul sanalari ish kunlari hisoblanmaydi. Shundan kelib chiqilsa, "Navbahor" 7 ish kuni ichida vaziyatdan chiqib ketishi talab etiladi. 

"Navbahor" qayd etayotgan natijalar, joriy mavsum klub namoyish etayotgan o'yinlar va klub olib borayotgan siyosat yildan-yilga yaxshilanib borayotganligini qayd etgan holda, yuqoridagi ko'rsatilgan masalalar bir necha kun davomida ijobiy hal etilishiga umid bildiramiz", – deyiladi PFL xabarida. 

Avvalroq "Navbahor"ga FIFA taqiqi qo'yilgani va klub yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmasligi haqida xabar bergan edik. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика