Guti: “Har bir o'yinda fantastik o'ynaydigan bitta futbolchini bilaman. U Messi”
24 jan 2020 22:49
Yangiliklar
Guti: “Har bir o'yinda fantastik o'ynaydigan bitta futbolchini bilaman. U Messi”
Ayni paytda “Almeriya” klubini boshqarayotgan “Real”ning sobiq futbolchisi Guti “Barselona” sardori va etakchisi Lionel Messi haqida iliq fikrlar bildirib o'tdi.
“Men har bir uchrashuvda fantastik o'yin ko'rsatadigan bitta futbolchini bilaman. U Messi. Har safar u maydonga tushar ekan, nimadir sodir bo'ladi. Boshqa futbolchilar yaxshi yoki yomon sport formasida bo'lishlari mumkin. Messi esa boshqalardan farqli ravishda har bir bahsni ajoyib tarzda o'tkaza oladi”, deya Gutining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda A Bola.
Joriy mavsumda Messi klubi safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 32 yoshli hujumchi hisobida 17 ta gol va 9 ta golli uzatma mavjud.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar