Grizmann: “Barselona”ga o'tganimni eshitganimda yig'laganman”
21 iyu 2019 08:41
Yangiliklar
Grizmann: “Barselona”ga o'tganimni eshitganimda yig'laganman”
“Barselona” hujumchisi Antuan Grizman “Atletiko”dan Kataloniya klubiga ko'chib o'tishi haqidagi xabarga qanday munosabat bildirgani haqida gapirdi.
“Otamga qo'ng'iroq qilib, bu o'zgarishni aytayotganimda baxtdan ko'zlarimdagi yoshni tutib tura olmagandim. Hammasi ijobiy yakunlanganidan xursand edim. O'sha paytda men do'stlarim, oilam, farzandlarim bilan birga edim. Bu esda qolarli lahza edi”, deya Grizmanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” Grizmanning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli -120 million evro to'lab, uni “Atletiko”dan sotib oldi.Futbolchi kataloniyaliklar bilan besh yillik shartnomaga imzo chekdi va yangi jamoasida 17-raqam ostida to'p tepadi.
Fikrlar