So’nggi yangiliklar

07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2

Gol urmagan hujumchilar Yangiliklar

Gol urmagan hujumchilar

Teglar :  PFLoliy liga
Har qanday hujumchining saviyasi va uning bahosini urgan gollari soni belgilab beradi. Hujumchi harqancha harakat qilmasin, kerak bo'lsa himoyaga qaytib jamoadoshlariga yordam bermasin, baribir o'zining asosiy ishi - gol urmas ekan tanqidlar ostida qolaveradi.

Bu yilgi oliy ligada umuman to'p kirita olmagan hujumchilar ham kuzatildi. Ular qanchalik harakat qilishdi, aniq bilmadig-u, lekin birontayam gol ura olishmadi. Bu esa ularning obro'siga putur etkazib qo'yishi mumkin. Quyida bu mavsum oliy ligada umuman gol urmagan hujumchilarni keltirib o'tamiz.  

Alisher SHog'ulomov
Jamoasi: "Buxoro" (birinchi davra, 12 o'yin), "Neftchi" (ikkinchi davra, 11 o'yin)
Oxirgi urgan goli: 2016 yil. 4-tur. "Andijon" - "Neftchi" 2:1

Har ikkala davrani ikkita jamoa safida o'tkazgan Alisher SHog'ulomov bu yil birontayam gol ura olmadi. U oxirgi marta o'tgan yil "Andijon" tarkibida "Neftchi" darvozasiga to'p kiritgan.

Viktor Klishin
Jamoasi: 
"Olmaliq" (20 o'yin)
Oxirgi urgan goli: 2012 yil. 5-tur. "Buxoro" - "SHo'rtan" 0:1

"Olmaliq" tarkibida yigirmata o'yinda maydonga tushgan Viktor Klishin ham o'z hisobiga gol yozib qo'ya olmadi. Eng qizig'i shundaki, Klishin so'nggi bor 2012 yil oliy ligada gol urgan.

Doniyor Usmonov
Jamoasi: 
"Olmaliq" (birinchi davra, 4 o'yin), "Navbahor" (ikkinchi davra, 11 o'yin)
Oxirgi urgan goli: 2015 yil. 28-tur. "Neftchi" - "Qo'qon-1912" 0:1

Doniyor Usmonov ham joriy mavsumni ikkita jamoa safida o'tkazdi, biroq u "Olmaliq", "Navbahor" klublarida o'ynab gol ura olmadi. Doniyor oxirgi marta oliy ligada 2015 yil "Neftchi" darvozasiga to'p kiritgan ekan.

Pavel Solomin
Jamoasi: 
"Obod" (14 o'yin)
Oxirgi urgan goli: 2016 yil. 30-tur. "Paxtakor" - "Obod" 1:1

Agar "Obod" tarqalib ketmaganida Solomin gol urarmidi? Bir narsa deyish qiyin, chunki "Obod"ning o'yini shundog'am hujumkor emasdi. O'yini chiqsa o'ynardi, bo'lmasa yo'q. O'tgan yilning so'nggi turida "Paxtakor"ga gol urgan Solomin bu yil birontayam to'p kirita olmadi.

Otabek Isroilov
Jamoasi: 
"Qizilqum" (birinchi davra, 8 o'yin), "Neftchi" (ikkinchi davra, 6 o'yin)
Oxirgi urgan goli: 2016 yil. 17-tur. "Navbahor" - "Neftchi" 2:1

Otabek Isroilov ikkita jamoa safida jami 14ta o'yinda maydonga tushdi. Lekin goldan darak bo'lmadi. U ham oxirgi marta o'tgan yil gol urgandi. Garchi jamoasi yutqazgan bo'lsa-da, "Neftchi" tarkibida "Navbahor"ga to'p kiritgan. O'tgan yil Otabek jami to'rtta gol urgan ekan. 

Maradona Safarov
Jamoasi: 
"Mashal" (birinchi davra, 4 o'yin), "SHo'rtan" (ikkinchi davra, 10 o'yin)
Oxirgi urgan goli: 2016 yil. 28-tur. "Qo'qon-1912" - "Mashal" 1:1

Muboraklik Maradona negadir ismiga mos ravishda to'purarlik qobiliyatini ko'rsata olmayapti. U bu yil vohaning ikki jamoasi tarkibida o'ynadi. Lekin na "Mashal"da, na "SHo'rtan"da to'p kirita olmadi. U ham oliy ligadagi oxirgi golini o'tgan yil urgan ekan.  

Doniyor Ismoilov
Jamoasi: 
"Dinamo" (13 o'yin)
Oxirgi urgan goli: 2016 yil. 22-tur. "Olmaliq" - "Lokomotiv" 2:5

Doniyor Ismoilov yarq etib porlagan yoshlardan biri edi. Bu hujumchi "Olmaliq" tarkibida o'ynab muxlislarga tanildi. Biroq bu mavsumni "Dinamo" safida o'tkazgan futbolchi 13ta o'yinda ishtirok etib, birortayam to'p kirita olmadi.

Farhod Tojiev
Jamoasi: 
"Dinamo" (12 o'yin)
Oxirgi urgan goli: 2016 yil. 6-tur. "Olmaliq" - "Navbahor" 2:1

Tajribali Farhod Tojiev yakuniga etgan mavsumning ikkinchi davrasini "Dinamo"da o'tkazib, afsuski, u ham to'p kirita olmadi. Albatta gol urmaganidan keyin hatto Farhod Tojievga Superliga klublaridan taklif bo'ladimi-yo'qmi, bir narsa deyish qiyin. U oxirgi marta o'tgan yil "Olmaliq" tarkibida to'p kiritgan.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика