Nihoyat, rasman: Reshford - "Barselona" futbolchisi!
23 iyu 21:58
Yangiliklar


Nihoyat, rasman: Reshford - "Barselona" futbolchisi!
"Barselona" matbuot xizmati Markus Reshford bilan shartnoma imzolanganini malum qildi.
Unga ko'ra, 27 yoshli futbolchi sotib olish huquqi bilan ijaraga olindi. Kataloniya klubi ijara uchun 3 million evro, bir mavsumdan keyin uning transferi uchun 30 million evro, agar sotib olmasa 5 million evro to'laydi.
Oldinroq Reshford "Barselona"da 14-raqam ostida o'ynashi malum qilingandi. Shuningdek, angliyalik futbolchi "Barselona"da yiliga 14 million evro maosh oladi.
Reshford "Manchester Yunayted" tarkibida umumiy hisobda 426 o'yinda qatnashib, 138 gol va 77 assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar