Gleb: "Messi uchun "Barselona" ushbu ikki futbolchidan voz kechgandi"
27 iyu 2019 00:55
Yangiliklar
Gleb: "Messi uchun "Barselona" ushbu ikki futbolchidan voz kechgandi"
"Barselona" sobiq futbolchisi Aleksandr Glebning aytishiga ko'ra, Ronaldino va Dekuning Kataloniya klubini tark etishi sababi Messi ekan.
"Ronaldino va Deku bir kuni mashg'ulotlarga mast holda keldi. Rahbariyatdagilar ushbu futbolchilarning orasiga Messi ham qo'shilib qolishidan qo'rqdi. Aynan Messi tufayli rahbarlar ikki futbolchini sotib yubordi.
Men "Barselona"ga borishni istamagandim. "Bavariya"ga ketish yoki "Arsenal"da qolishni rejalashtirayotgandim. Ammo Gvardiola qo'ng'iroq qilib, u o'z jamoasiga chorlagandi.
"Barselona"ga o'tganimdan keyin Terri Anri bilan bir xonada yashaganman. O'lay agar zerikarli! U menga: "Istaganingcha yasha", degandi. U bilan bir xonada 1 oyni o'tkazganman", - dedi Gleb.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar