So’nggi yangiliklar

16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  3 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  51 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  2 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  89 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  13

Gennadiy Kochnev: “FIFAning "SHo'rtan"ga nisbatan chiqargan qarori o'yinchilarimizni sarosimaga solib qo'ydi” Yangiliklar

Gennadiy Kochnev: “FIFAning "SHo'rtan"ga nisbatan chiqargan qarori o'yinchilarimizni sarosimaga solib qo'ydi”

“Nasaf” – “SHo'rtan” (3:0) uchrashuvi yakuniga etgach, bo'lib o'tgan matbuot anjumanining dastlabki qismida “SHo'rtan” jamoasining ustozi Gennadiy Kochnev ishtirok etdi va o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

-Bugungi uchrashuvda tezkor kiritilgan gol rejalarimizni barbod qildi. SHunday bo'lsada, birinchi bo'limda gol urishimiz uchun ham ajoyib vaziyat bo'ldi, ammo bugun omad biz tomonda emas edi. Ikkinchi bo'limdagi o'yinchi almashtirganimiz ham foyda bermadi. Uchrashuvda biz tayangan etakchi o'yinchilarimiz ham afsuski bugun kutganimizdek o'yin ko'rsata olishmadi. Bugungi mag'lubiyatimizga sabablar shu bo'ldi. Endi albatta “Nasaf”dek jamoaga maydonida qarshi o'ynash ham oson emas.

Ikkinchi davradagi ko'ngildagidek o'yin ko'rsata olmayotganimizga asosiy sabab, selekciya ishlarimiz yaxshi bo'lmadi. Umuman men jamoani qabul qilib olganimda ikkinchi davra uchun olinadigan o'yinchilar olib bo'lingan edi.

 O'zingizga malum, FIFAning bizga nisbatan chiqargan qarori o'yinchilarimizni sarosimaga solib qo'ydi. O'yinchilarimizning kayfiyati umuman tushib ketdi. Bunday kayfiyatdagi futbolchilar bilan ishlash oson emas. SHunday bo'lsada, ikkinchi davrada bir necha o'yinlarimiz ko'ngildagidek bo'ldi, buning uchun yigitlar diqqatini jamlay olishdi.

Endi rejalarimiz qanday? Albatta buni vaqt ko'rsatadi. Biz uchun O'FFning keyingi qarori ham katta zarba bo'ldi. Umuman kelgusida nima bo'ladi, bu haqda hech narsa deya olmayman.

Bilishimcha, O'FF bundan buyon licenziyalash bo'yicha talablarni ham kuchaytirmoqda. Bu albatta yaxshi. Aslida “SHo'rtan” klubidagi infratuzilma, yaratilgan sharoitlar OFKning talab darajasida, yani risoladagidek. Afsuski, bunday sharoitlarga ega bo'lgan “SHo'rtan”, endi quyi ligada o'ynashga majbur. Umuman Qashqadaryoda futbolga bo'lgan etibor havas qilgudek. Bu erda rahbarlar futbolga borini berishgan. Bu viloyatdagi klublarda yaratilgan infratuzilmani boshqa viloyatlarga o'rnak qilib ko'rsatsa arziydi. 


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика