So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Superliga. Birinchi davraning etiborga molik 5 voqeasi Yangiliklar

Superliga. Birinchi davraning etiborga molik 5 voqeasi

2025 yilgi Superliganing birinchi davrasi ortda qoldi. Jamoalar mavsumning ikkinchi qismiga taraddudni boshlab yubordi.

Bu yarim mavsum mobaynida biz kutgan va kutmagan ko'plab voqealar yuz berdi: yangi qahramonlar, tarixiy seriyalar, murabbiylar almashinuvi, klublarning tiklanishi va infratuzilmaviy muammolar. Quyida birinchi davraning eng muhim 5 voqeasi haqida kengroq to'xtalamiz.

Abramov tasiri: "Dinamo" tarix yozmoqda

Mavsum oldidan "Dinamo"ni chempionlik poygasida deb taxmin qilish mushkul edi, xatto kutish ham kulgulidek ko'rinardi. Ammo Vadim Abramov bilan jamoa tubdan o'zgardi. Samarqand klubi ketma-ket 12 o'yinda mag'lub bo'lmadi va o'z tarixidagi eng yaxshi seriyani qayd etdi. Natijadan ham oldin futbolchilarning maydondagi harakatini takidlib o'tish zarur. "Dinamo"ning har bir o'yinidan rohat, zavq olish mumkin. Futbolchilar haqiqiy muxlislar uchun shou ko'rsatib bermoqda. 

Jamoa o'yinida murabbiyning qo'li, uslubi borligi kundek ravshan. Yoshlar va tajribali futbolchilarning uyg'unligi, taktik intizom, hujumkor futbol va emocional qayfiyat — bularning barchasi "Dinamo"ni mavsumning birinchi sensaciyasiga aylantirdi. Ikkinchi davraga ham shunday ruhda kirishsa, tarixiy natija qayd etilishi mumkin.

Sergeev qaytdi, Cheran erasi tugamoqda

So'nggi besh yilda Superliga to'purarlar poygasida deyarli bir futbolchi — Dragan Cheran hukmronlik qilib keldi. Oxirgi marotaba 2017 yil Superligada o'zbekistonlik futbolchi to'purar bo'lgan edi. Ammo bu yil vaziyat o'zgardi. Bir yillik jarohatdan so'ng safga qaytgan Igor Sergeev "Paxtakor" safida to'liq tiklandi va ilk davra yakuniga qadar 11 ta gol urdi.

Sergeev nafaqat samarali to'purar sifatida, balki jamoaviy o'yindagi faolligi, tajribasi va etakchilik fazilati bilan ham alohida ajralib turibdi. U yozdagi transfer takliflariga qaramasdan jamoada qolishni afzal ko'rdi va chempionlikni maqsad qilgan. "Paxtakor" va O'zbekiston termasi uchun bu juda katta yutuq bo'lishi mumkin.

"Qaldirg'ochlar" parvozi: "Bunyodkor" qayta tiklanmoqda

So'nggi yillarda "Bunyodkor" bir qancha muammolar bilan oldingi mavqeini yo'qotgandi. Ammo bu yil Ilyos Zeytullaev qo'l ostida jamoa sekinlik bilan tiklana boshladi. Birinchi davrani to'rtinchi o'rinda yakunlagan jamoa barqaror va tartibli o'yini bilan muxlislarni xursand qilmoqda.

Murabbiyning uslubi jamoa o'yinida sezilarli. Himoyadagi xatolar kamaygan, markazda to'p nazorati, hujumda esa vaziyatlardan unumli foydalanish kuzatilmoqda. Agar klub ikkinchi davraga munosib tayyorgarlik ko'rsa va selekciya ishlarini samarali olib borsa, "Bunyodkor" medallar uchun jiddiy kurash olib borishi mumkin. Kubok musobaqasida ham imkoniyatlar bor.

"Uysiz" jamoalar yoxud futbolsiz shaharlar

Superligada bazi klublar hali ham o'z stadionisiz, boshqa shaharlarda o'yin o'tkazishga majbur. "Buxoro", "Xorazm", "Mashal" va hatto "Paxtakor" o'z uyida o'ynay olmayapti. "Surxon" va "Qizilqum" nihoyat o'z uyiga qaytdi, ammo qolgan jamoalarda bu muammo hal etilmagan.

"Paxtakor" kuzgacha o'zining jonajon arenasiga qaytishi kutilyapti. "Xorazm" dagi tamirlash ishlari yakuniga etmoqda. Ammo "Buxoro" va "Mashal"da hozircha aniqlik yo'q. Uysiz o'ynash — futbolchi uchun ham, muxlis uchun ham og'ir. Bu muammolar hal etilmasa, jamoalarning natijalariga salbiy tasir ko'rsataveradi.

"Xorazm" va "Sho'rtan" elitaga qaytdi

Bu yil Superligada jamoalar soni 16 taga etkazildi. "Metallurg"ning tugatilishi ortidan bo'shagan o'ringa "Xorazm" munosib ko'rildi.  Hakim Fuzaylov qisqa fursatda tarkib shakllantirib, jamoani kurashga shayladi. Natijalar barqaror emas, ammo asosiy maqsad — Superligada qolish.

Shuningdek, "Sho'rtan" 7 yillik tanaffusdan so'ng pley-offda "Olimpik"ni mag'lub etib, Superligaga qaytdi. Kamtarona tarkib, cheklangan byudjetga qaramay, jamoa ochkolar jamg'armoqda va so'nggi turlarda jonlanish ko'rsatdi. 


Intriga hali oldinda

Birinchi davra — kirish qismi edi. Endi esa haqiqiy kurash boshlanadi. Chempionlik poygasi, to'purarlar bahsi, pastki pog'onadagi tortishuv va Kubok uchun raqobat yanada qizimoqda. Muxlislar oldidagi savol esa shu: mavsumni kim qanday yakunlaydi?

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика