Meksika terma jamoasi KONKAKAF Oltin Kubogi finalida AQSHni mag'lub etdi
07 iyu 11:51
Yangiliklar


Meksika terma jamoasi KONKAKAF Oltin Kubogi finalida AQSHni mag'lub etdi
Xyustonda kechgan bahs 2:1 hisobida yakunlandi. G'oliblar safida Raul Ximenes (27-daqiqa) va Edson Alvares (78) gol urdi. Amerikaliklar safida esa Kris Richards (4) o'z nomini tabloga yozib qo'ydi.
Meksikaliklar ketma-ket ikkinchi va tarixda 13-marta KONKAKAF Kubogini qo'lga kiritdi.
AQSH – Meksika 1:2 (1:1, 0:1)
"Reliant stedium"
Gollar: Kris Richards 4' – Raul Ximenes 27', Edson Alvares 77'
AQSH: Mett Friz, Aleks Frimen, Tim Rim, Kris Richards, Maksimilian Arfsten (Jon Tolkin 86), Luka de la Torre (Demion Dauns 69), Tayler Adams (Jek Makglinn 82), Diego Luna (Brendon Aaronson 86), Sebastyan Berxolter, Malik Tillman, Patrik Agemang.
Meksika: Luis Malagon, Xesus Galyardo, Xorxe Sanches (Israel Reyes 86), Xoan Vaskes, Sesar Montes, Marsel Ruis, Edson Alvares, Xilberto Mora (Orbelin Pineda 75), Aleksis Vega, Raul Ximenes (Santyago Ximenes 86), Roberto Alvarado (Sesar Uerta 87).
Ogohlantirishlar: Sesar Montes (44), Tayler Adams (63), Raul Ximenes (85).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar