Tramp KJCH finaliga keladi
10 iyu 11:28
Yangiliklar
Tramp KJCH finaliga keladi
AQSH prezidenti Donald Tramp shu yakshanba kuni Nyu-Jersi shtatining Ist-Raterford shahrida bo'lib o'tadigan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati final o'yinida ishtirok etish niyatida ekanligini malum qildi.
Amerika etakchisi bu haqda Vazirlar mahkamasi yig'ilishida aytdi.
FIFA prezidenti Janni Infantino AQSHga turnirni tashkil etishdagi faol yordami uchun minnatdorlik bildirdi:
"Biz Amerika hukumati va shaxsan prezidentdan, jumladan, Oq uy ishchi guruhidan katta yordam oldik. Bu amaldagi Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatiga ham, kelasi yili bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha Jahon chempionati uchun tayyorgarlikka ham tegishli", – dedi Infantino.
Eslatib o'tamiz, Donald Tramp sport kun tartibida faol ishtirok etadi. Ikkinchi muddati davomida u Superboul finalida qatnashgan birinchi prezidentga aylandi va Vashingtonda NFL 2027 drafti o'tkazilishi haqida elon berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar