So’nggi yangiliklar

08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  1 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  0 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  37 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  3 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  2 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  6 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4

"Gazovik"ni Premer-ligaga olib chiqqan o'zbekistonlik haqida Yangiliklar

"Gazovik"ni Premer-ligaga olib chiqqan o'zbekistonlik haqida

Teglar :  Vadim Afonin
Orenburgning "Gazovik" klubi Rossiyaning ikkinchi darajali divizioni hisoblanuvchi FNLda g'olib bo'ldi va Premer-ligaga (oliy liga) chiqdi.

Championat.com sayti ushbu jamoa va uning futbolchilari haqida maqola tayyorladi. Unda "SHo'rtan" sobiq yarim himoyachisi, o'zbekistonlik Vadim Afonin haqida ham yozilgan.

"Hujumdagi beshlikni kelasi mavsumda Premer-ligada kashfiyot bo'lishi kutilayotgan Vadim Afonin qo'riqlaydi. "Lokomotiv"ga qarshi o'sha bahsda Afonin himoya markazida harakat qildi va ajoyib o'yin ko'rsatdi. Uning uslubi Xaver Maskeranonikiga o'xshaydi: Afonin ham maydonda ko'p ko'rinish bermaydigan futbolchilar sirasiga kiradi. O'zbek futboli tarbiyalanuvchisi, Qurbon Berdiev mashg'ulotlarida qatnashgan ko'p qirrali yarim himoyachi tayanch zonasida hujumlarni bartaraf qilish va sehrli oshirmasi bilan ajoyib hujumlar yarata olish qobiliyatiga ega.

Afoning 2014 yilning qishida Orenburgga ko'chib o'tib, "Gazovik" bosh murabbiyi Robert Evdokimovning Premer-ligaga chiqish boshqotirmasining so'nggi kaliti bo'ladi. O'zbek tayanch yarim himoyachisining to'p bilan va to'psiz harakatlari tufayli veteran himoyachilar (Oyevole 33 yosh, Andreev 35 yosh) bemalol o'ynay olishadi, qanot himoyachilari esa murabbiy falsafasiga ko'ra, ikkinchi tempda hujumlarni qo'llab turishi kerak. Agar birinchi pressingda to'p oldirilmasa, Afonin qarshi hujumni sekinlashtirib "Gazovik"ning sevimli pozicion hujumini boshlab beradi. "Gazovik"ning ko'p yillardan beri qo'llab kelayotgan uslubi "Rostov"nikiga o'xshaydi va kundan-kunga Evropada mashhurlashib bormoqda" - deyiladi maqolada.


Vadim Sergeevich Afonin - joriy mavsumda FNLning 31 uchrashuvida (2679 daqiqa) maydonga tushib 3 ta golga mualliflik qildi.

Rossiya birinchi ligasi


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика