So’nggi yangiliklar

23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  0 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  11 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  25 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  28 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  49

Hakim Fuzaylov: "Shogirdlarimga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytaman" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Shogirdlarimga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytaman"

Superliga 24-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Navbahor" (1:1) uchrashuvidan so'ng "Xorazm" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Uchrashuvni barcha ko'rdi, birinchi taym to'liq ustunligimiz ostida kechdi. Raqibda deyarli imkoniyat bo'lmadi. Faqat o'zimizga o'zimiz penalti olib kelganimiz chatoq bo'ldi. Umuman olganda esa o'yinni yaxshi o'tkazdik. Lekin baribir gol urish bilan bog'liq muammodan chiqib keta olmayapmiz. Buning ustiga futbolchimiz qizil kartochka olib o'yinni 10 kishi bo'lib tugatdik. Lekin bu hakamning qarori va men muhokama qilmayman. Shogirdlarimga oxirigacha kurashishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Chempionat davom etadi, imkoniyat bor ekan kurashamiz.

- Bugun jamoangiz qay darajada jismoniy kurashlar uddasidan chiqdi?

- Avval ham aytgandim, biz jismoniy tomonlama tayyormiz. Jamoamiz bu borada yomon ko'rinmayapti. To'pga ko'p egalik qilamiz, agar futbolchilar toliqib qolganida bunday bo'lmasdi. Qanotlarimiz ham yaxshi ishlayapti, faqat zaxira o'rindig'imiz tor va buni har doim his qilyapmiz. Mana endi FIFA kunlari boshlanadi, biroz dam olib so'ng yana mashg'ulotlarga qaytamiz.

- Diyorbek Ortiqboevning chetlatilishi o'yinga qanday tasir qildi?

- Bunday o'yinda bir kishi kam qolib kurashishda davom etish oson emas. Aytib o'tganimdek, qizil kartochka borasida hakam qaror qabul qildi. Biz esa kurashishda davom etdik. Aytishim mumkin, oxirigacha faqat g'alabani o'ylab harakat qildik.

Reyting: +2   

Fikrlar

+2   
03 okt 21:50:32
Уктам
Хаким акани куллаш керак, буюкларсиз команданинг даражасини юкори ушлаб турибди.
+2   
03 okt 21:41:23
Адхамжон Низамов
Молодцы.
+1   
03 okt 22:04:17
Шухрат Эргашев
Хоразм вохаси Лазгига уйнатгандек, футболчилар хам уйнатишга мажбур килмокда ракибларини. Насаф хам кийналган эди, энди Навбахор. Охиригача шундай булсин.
-1   
03 okt 22:42:17
Барса1970
Ассалом Про лига Хоразмнинг ўзининг лигаси
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика