Argentina termasining oktyabr oyidagi o'rtoqlik o'yinlari uchun qaydnomasi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
4 okt 2025, 01:00
Argentina FA milliy jamoaning oktyabr oyidagi o'yinlar uchun yakuniy qaydnomasini e'lon qildi.

Lionel Skaloni qo'l ostidagi jamoa bu oyda AQSHda ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. 10 oktyabr kuni Mayamida Venesuelaga qarshi o'ynaydigan argentinaliklar, 13 oktyabrda Chikagoda Puerto-Riko  termasiga raqiblik qilishadi.

Darvozabonlar: Emiliano Martines ("Aston Villa"), Xeronimo Ruli ("Marsel"), Valter Benites ("Kristal Pelas"); Fakundo Kambeses ("Rasing");

Himoyachilar: Nauel Molina ("Atletiko"), Kristian Romero ("Tottenxem"), Leonardo Balerdi ("Marsel"), Nikolas Otamendi ("Benfika"), Gonsalo Montel, Markos Akunya, Lautaro Rivero (barchasi "River Pleyt"), Nikolas Talyafiko ("Lion"), Markos Senesi ("Bornmut");

Yarim himoyachilar: Leandro Paredes ("Boka Xuniors"), Aleksis Mak Allister ("Liverpul"), Anibal Moreno ("Palmeyras"), Rodrigo De Pol ("Inter Mayami"), Enco Fernandes ("Chelsi"), Niko Pas ("Komo"), Jovani Lo Chelso ("Betis"), Tyago Almada ("Atletiko"), Franko Mastantuono ("Real").

Hujumchilar: Lionel Messi ("Inter Mayami"), Xulian Alvares, Nikolas Gonsales, Juliano Simeone (barchasi  "Atletiko"), Lautaro Martines ("Inter"), Flako Lopes ("Palmeyras").


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: afa.com.ar