Sherzod Jo'raev: "Hozir ko'proq futbolchilarni ruhan tiklash ustida ish olib boryapmiz"
03 okt 21:47
Yangiliklar


Sherzod Jo'raev: "Hozir ko'proq futbolchilarni ruhan tiklash ustida ish olib boryapmiz"
- O'yin haqida fikringiz?
O'yin og'ir kechishini bilardik. Chunki "Xorazm" Superligada qolish uchun kurashyapti va bizga qarshi bor kuchini ishga solishi tabiiy edi. Raqib jamoa yaxshi shakllangan, tajribali murabbiylar shtabidan iborat. Biz ham o'zimizni ko'rsatish maqsadida bor etiborni g'alabaga qaratdik. Oxirgi o'yinlarda o'zimizni ko'rsata olmagandik, Kubok musobaqasidan ham chiqib ketdik. Hozir ko'proq futbolchilarni ruhan tiklash ustida ish olib boryapmiz. Endi bu futbol, doim ham yutishning imkoni yo'q. Bugungi o'yin uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman.
- Bugun "Navbahor" g'alabani qo'ldan boy berdimi yoki bir ochko qo'lga kiritdimi?
- Menimcha, g'alabani boy berdik. Chunki raqib bir o'yinchi kam bo'lib qolganidan so'ng bizda vaqt ko'p edi, ammo foydalana olmadik. Men bir gapni ko'p qaytaraman: raqib 10 kishi bo'lib qoldimi, o'ynash juda qiyin bo'ladi. Ular kam-ku degan fikr xayolga mixlanib qoladi. Bu esa bo'shashishga olib keladi. Bugun "Xorazm" futbolchisi chetlatilganiga qaramay raqib yaxshi himoyalandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar