So’nggi yangiliklar

01:05Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" Қарши сафари олдидан ишончли ғалаба қайд этди  0 00:49Эрон. "Трактор"да дуранг, Ҳамробеков 79 дақиқа ўйнади  0 00:27Рўзиқул Бердиев: "Рақиб толиқиб қолгач, устунлик биз томонга ўтди ва гол уриб ғалабага эришдик"  5 00:11Ҳаким Фузайлов: "Агар ўрнимга бошқа мураббий топилса, ишдан бўшашга тайёрман"  3 23:54Вадим Абрамов: "Ўз вақтида Баджо пенальтидан гол ура олмаган, Месси ҳам зарбада адашган. Бу жуда қийин иш"  8 23:43ЛаЛига. "Реал Овьедо" - "Барселона" баҳси асосий таркиблари маълум!  9 23:25Камолиддин Тожиев: "Финалда фаворит бўлмайди"  1 23:12Александр Хомяков: "Келинглар, саволларни қисқа қиламиз ва байрам нишонлаймиз"  12 22:48Иван Бошкович: "Шогирдларимга ҳеч қандай эътироз йўқ, "Бухоро"ни финалга чиққани билан табриклайман"  5 22:29Садриддин Ҳасанов ОФК томонидан йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлишга номзод!  3 22:11Суперлига. "Насаф" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  61 21:54"Бухоро" ўз тарихида илк марта Ўзбекистон кубоги финалига чиқди  17 21:42ЖЧ-2026 тимсоллари намойиш қилинди  3 20:59Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" пенальтилар сериясида "Динамо"ни ютиб, Ўзбекистон Кубогининг навбатдаги финалчисига айланди  80 20:47"Бухоро" супергол эвазига Ўзбекистон Кубоги финалига чиқди!  73

Vadim Abramov: "O'z vaqtida Badjo penaltidan gol ura olmagan, Messi ham zarbada adashgan. Bu juda qiyin ish" Yangiliklar

Vadim Abramov: "O'z vaqtida Badjo penaltidan gol ura olmagan, Messi ham zarbada adashgan. Bu juda qiyin ish"

O'zbekiston Kubogi 1/2 finalidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" (0:0) uchrashuvidan so'ng samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Golsiz o'yin bo'lgan bo'lsa ham muxlislar uchun qiziqarli o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Birinchi bo'limni yomon o'tkazmadik. Ikkinchi bo'limda esa o'yinimizda pasayish kuzatildi. Keyin esa klass o'z so'zini aytdi. "Paxtakor" penaltilar seriyasini yaxshiroq ijro etdi, biz esa "lotereya"da xato qildik. Yigitlardan minnatdorman ular kuchli raqibga qarshi kurashishdi va borini berishdi. Futbol shunday o'yin. Bugungi natija shunday bo'lishi kerak ekan"  - dedi Vadim Abramov uchrashuvidan yakunlanganidan so'ng.

- Jamoangiz finalga bir qadam qolganida mag'lub bo'lgani sizni xafa qilishi aniq. Biroq "Paxtakor" tarkib jihatdan va ko'plab boshqa faktorlar bo'yicha "Dinamo"dan ustun edi. "Paxtakor" chempionatda deyarli barcha imkoniyatlarini yo'qotdi va bor etiborini Kubok bahslariga qaratdi. Bugungi uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar davom etdi. O'yin shunchalik cho'zilgani, bugun "Dinamo" munosib o'yin namoyish etgani va oxirigacha kurashganini anglatadi. Jamoangiz faqatgina penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgani biroz bo'lsa ham mag'lubiyat alami hissini kamaytira oldimi? Masalan, "Dinamo" bugun asosiy vaqtda mag'lub bo'lsa ham, ushbu voqeylik sensaciya deya qabul qilinmas edi. "Paxtakor" baribir favorit edi....

- Bu haqda gapirish qiyin. Misol uchun, asosiy vaqt yoki ekstra taymlarda mag'lub bo'lganimizda ham ahamiyati yo'q edi. 11 metrlik zarbalar seriyasida mag'lub bo'ldik, ammo bu natijamiz uchun medal berishmaydi. Barchasi unutiladi, kelajakda esa tarixda "Paxtakor" "Dinamo"ni yarim finalda mag'lub etgan deyiladi va bo'ldi. O'yin ham unutilib ketadi. O'tgan mavsum Kubok bahslarining birortasida mag'lub bo'lmadik, lekin musobaqani guruh bosqichidayoq yakunladik. Joriy mavsumda esa asosiy vaqtda engilganimiz yo'q. Biroq finalda emasmiz. Afsuski hayot shunday. Mag'lubiyatni to'g'ri qabul qilishimiz va davom etishimiz kerak. Superliga o'yinlari oldinda, yo'qotilgan ochkolar bo'yicha etakchilardan birimiz. Umuman olganda, joriy mavsum "Paxtakor"ga asosiy vaqtda mag'lub bo'lmadik. Muxlislarimiz ranjishganidan xabardorman. Ularni ham tushunaman.

- "Dinamo" ketma-ket ikkita o'ta muhim o'yinda mag'lub bo'ldik. Endi jamoani ruhlantirish qiyin bo'lsa kerak? Ruhiy holat ancha yomonlashib ketishi mumkin. Lekin taqvim bo'yicha keyingi raqiblar unchalik kuchli emas...

- Men bunday demagan bo'lardim. Har bir raqibga siz aytganingizdek yondashuv qilsak, mavsum biz uchun omadsiz o'tayotgan bo'lardi. To'g'ri yondashuv qilish kerak. Professionalizm ham shunday vaziyatlarda seziladi. Oldinda 9ta o'yinimiz bor. Qolgan jamoalarda esa 8ta uchrashuv qolgan. Biz hali kurashdamiz va davom etishimiz kerak. Hammasi o'zimizga bog'liq va hali hammasi oldinda.

- O'tgan mavsum yakunida, yani so'nggi 5-6 uchrashuvda "Dinamo" ketma-ket mag'lub bo'lgandi va mavsum yakunini omadsiz o'tkazgan edi. Bugun jamoa Kubokdagi ishtirokini yakunladi. O'tgan mavsum so'ngidagi "omadsiz" scenariy takrorlanmasligi uchun nimalar qilishini kerak deb o'ylaysiz?

- O'tgan mavsum yakunida medallar uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo'lgandik va ligani tark etish xavfi yo'q edi. O'rtada bo'lib qolganimiz uchun shunday holat kuzatilgan edi. Shuningdek, bu yil jamoa o'tgan mavsumdagidan ko'ra kuchliroq deb o'ylayman.

- Penaltilar seriyasi o'zbek futboli uchun muammoga aylanib qoldi. Terma jamoamiz ham so'nggi katta musobaqani seriyadagi mag'lubiyat tufayli tark etdi. "Dinamo" penaltilarni mashq qilganmidi? Ikkinchidan, Hojimirzaev jamoadagi eng tajribali futbolchilardan biri. Gol urish u juda sovuqqon, ammo seriyadagi imkoniyatidan foydalana olmadi. Hojimirzaevdan tashqari boshqa o'zbek futbolchilari ham penaltidan unumli foydalana olishmayapti. Bu salbiy tendenciyaning sababi nimada?

- Marko ham gol ura olmadi. U o'zbek emas. Penalti shunday narsa, har qanday futbolchi gol ura olmasligi mumkin. O'z vaqtida Badjo penaltidan gol ura olmagan, Messi ham zarbada adashgan. Bu juda qiyin ish. Katta bosim. Hakamlar va futbolchilar bosim tufayli xato qilishadi. Bunday vaziyatda bosim judda katta bo'ladi. Men mashg'ulotlarda o'nta zarbadan o'ntasi golga aylantirishim, maydondagi imkoniyatdan ham unumli foydalana olaman degani emas. Marko har doim gol urib kelgan, "Nasaf"ga qarshi o'yinda "panenka" zarbasini ijro etgandi. Ratino ham "Navbahor"ga o'yinda gol ura olmagandi. Agar penaltidan gol ura olmaganimizda ochkolarimiz soni ko'proq bo'lgan bo'lar edi. Bugun ham shunday bo'ldi, afsuski.

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
26 sen 00:26:06
Google User
Абд foydalanuvchining fikriga javob berish
Meni nimaga jahlim chiqadi, achinaman, bilasizlarmi???? Har yili bir- ikkita Vatanimizdagi "kuchli" jamoalari g'olib bo'ladi va har doim xalqaro maydonlarda shalvirab qolaverishadi, afsus... Shu jumlasan "Nasaf" ham... Juda bo'lsa, guruhdan chiqishadi, xolos... Tez- tez yangi jamoalar "Andijon" kabi chiqib turishsa, yaxshi bo'lardi... Agar "Paxtakor" kubok orqali OChLga chiqsayam, kelasi yilga OChL yarim finaligacha bora olishiga aqlim yetmaydi... Chunki kamida 20 marotaba ishtirok etgan va har bahorda shu bo'lar takror, deb qolaveramiz... Buxoro, Samarqand, Jizzax, Termiz, Nukus, Xorazm, Navoiy, Qo'qon, kubok olganini ko'rish boshqacha-de baribir... Bu yerlarda xalqaro futbol havosi ham boshqacha bo'lsa kerak?!... "Paxtakor"ga xusumatim yo'q, o'yinlarini sobiq SSSR chempionatidan buyon kuzatib kelaman
Chunki bizani borimiz shu. Boshqa jamoalar undan battar natija qilishadi. Mana qo'lidan kelsa 1-orinni olsin, yutsin, chiqsin, hozir hech kim biror jamoani yo'lini to'smaydi
+1   
26 sen 00:51:16
Google User
REAL MADRID foydalanuvchining fikriga javob berish
Қўлидан келса 1-ўринни олсин, дебсиз. Лекин, 1-2-3-ўринларга чиқишига йўл қўйишмаяптику вилоятнинг жуда кўплаб жамоаларини?!
Avval shunaqa edi. Ohirgi 3-5 yildan futbol ancha o'zgardi, xalq norozi bo'laverganidan keyin, ko'p hakamlar ishdan ketdi, xalqni fikriga e'tibor beriladigan bo'lib qoldi. Avval umuman hech kim qaramasdi. Hozir kuchli bo'lsangiz sizni hech kim to'xtata olmaydi. Dinamo yarim finalgacha keldi, Buxoro finalga chiqdi, Andijon kubokni yutdi, Nasaf chempion bo'ldi... Avvallari bunaqa bo'lmagan. Qizig'i chempionat hali tugamadi, hech kimga chempionlik kadastrlanmagan, 7-8 o'yin bor, tepadagi 4 ta jamoani eng kuchlisi yutib ketadi. Avval unaqamasdi
+1   
26 sen 00:50:47
Абд
Google User foydalanuvchining fikriga javob berish
Chunki bizani borimiz shu. Boshqa jamoalar undan battar natija qilishadi. Mana qo'lidan kelsa 1-orinni olsin, yutsin, chiqsin, hozir hech kim biror jamoani yo'lini to'smaydi
Undan battar natija qilsayam, za to beti toshday qotib ketmaydi. Kuchli jamoalarimiz xalqaro maydonlarda, 30 yildan oshibdiki, tajriba to'plab, maktab sabog'ini olish bilan band... Gapingiz to'g'ri, bu gapni bir paytlar tajribali murabbiyimiz aytgandi, borimiz shu, deb...
+1   
26 sen 00:44:18
Google User
Dinamo bugun juda yaxshi o'ynadi, faqat o'yin oxirida 3-4 taymlarda charchab qoldi, rostdan kuchi yetmaydi qoldi. Abramov molodetz, penalti tepa olmagan furbolchilarini himoya qildi, baribir u professional murabbiy
+1   
26 sen 00:38:49
REAL MADRID
Google User foydalanuvchining fikriga javob berish
Chunki bizani borimiz shu. Boshqa jamoalar undan battar natija qilishadi. Mana qo'lidan kelsa 1-orinni olsin, yutsin, chiqsin, hozir hech kim biror jamoani yo'lini to'smaydi
Қўлидан келса 1-ўринни олсин, дебсиз. Лекин, 1-2-3-ўринларга чиқишига йўл қўйишмаяптику вилоятнинг жуда кўплаб жамоаларини?!
   
26 sen 01:27:10
Google User
REAL MADRID foydalanuvchining fikriga javob berish
Динамога нисбатан бу йил жуда кўп ноҳақликлар бўляпти. Соврин ютгани қўйишмаяпти очкўзлар!
To'g'ri, bo'lishi mumkin. 1-2 yillar oldin Navbahorga, Neftchiga, So'g'diyonaga, Buxoroga nisbatan nohaqliklar bo'lgan, undan oldin sal qolgan Nasafni tugatvorishmoqchiydi, xalq norozi bo'lib chiqdi, keyin bu to'siqlar kamaydi. Dinamo o'tgan yilidan beri zo'r o'ynayapti, hali yangi jamoa, shunga hakamlar bee'tibor bo'lishayotgan bo'lishi mumkin. Dinamoda Anvardan boshqa yaxshi hujumchi yo'q. Behruz Oblaqulov bilan Firdavs Abdurahmonov noto'g'ri tepadi. Anvar Hojimirzaev yopilsa bo'ldi, Dinamoni hujumi to'xtaydi. Buni raqiblar ham bilib qoldi. Dinamoga 2 ta Kojoga o'xshagan yaxshi hujumchi kerak, shunda uni hech qanday raqib yoki hakam to'xtata olmaydi
   
26 sen 00:58:27
REAL MADRID
Google User foydalanuvchining fikriga javob berish
Avval shunaqa edi. Ohirgi 3-5 yildan futbol ancha o'zgardi, xalq norozi bo'laverganidan keyin, ko'p hakamlar ishdan ketdi, xalqni fikriga e'tibor beriladigan bo'lib qoldi. Avval umuman hech kim qaramasdi. Hozir kuchli bo'lsangiz sizni hech kim to'xtata olmaydi. Dinamo yarim finalgacha keldi, Buxoro finalga chiqdi, Andijon kubokni yutdi, Nasaf chempion bo'ldi... Avvallari bunaqa bo'lmagan. Qizig'i chempionat hali tugamadi, hech kimga chempionlik kadastrlanmagan, 7-8 o'yin bor, tepadagi 4 ta jamoani eng kuchlisi yutib ketadi. Avval unaqamasdi
Динамога нисбатан бу йил жуда кўп ноҳақликлар бўляпти. Соврин ютгани қўйишмаяпти очкўзлар!
-1   
26 sen 00:18:07
Абд
Meni nimaga jahlim chiqadi, achinaman, bilasizlarmi???? Har yili bir- ikkita Vatanimizdagi "kuchli" jamoalari g'olib bo'ladi va har doim xalqaro maydonlarda shalvirab qolaverishadi, afsus... Shu jumlasan "Nasaf" ham... Juda bo'lsa, guruhdan chiqishadi, xolos... Tez- tez yangi jamoalar "Andijon" kabi chiqib turishsa, yaxshi bo'lardi... Agar "Paxtakor" kubok orqali OChLga chiqsayam, kelasi yilga OChL yarim finaligacha bora olishiga aqlim yetmaydi... Chunki kamida 20 marotaba ishtirok etgan va har bahorda shu bo'lar takror, deb qolaveramiz... Buxoro, Samarqand, Jizzax, Termiz, Nukus, Xorazm, Navoiy, Qo'qon, kubok olganini ko'rish boshqacha-de baribir... Bu yerlarda xalqaro futbol havosi ham boshqacha bo'lsa kerak?!... "Paxtakor"ga xusumatim yo'q, o'yinlarini sobiq SSSR chempionatidan buyon kuzatib kelaman
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика