So’nggi yangiliklar

08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  2 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  2 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  1 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  23

Futzal. Panamaning Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi malum Yangiliklar

Futzal. Panamaning Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi malum

Panama futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Aleks Del Rosario bo'lajak mundial uchun tarkibni aniqlab oldi.

O'zbekiston mezbonlik qiladigan jahon chempionatida Panama sharafini 14 nafar futzalchi himoya qiladi.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Aleks Del Rosario musobaqa uchun tarkibni aniqlab oldi.

Panama terma jamoasi 1 sentyabr kuni Toshkentga uchib kelgani haqida xabar bergandik. Tayyorgarlikning oxirgi qismini panamaliklar yurtimizda o'tkazishadi. 

Jahon chempionatidagi birinchi uchrashuvini terma jamoa 16 sentyabr kuni Portugaliyaga qarshi Toshkentdagi "Xumo Arena"da o'tkazadi. Ikkinchi turda Marokashga qarshi bellashuv bo'lsa, Panama uchun guruh bosqichi 22 sentyabr sanasida Tojikistonga qarshi o'yin bilan yakuniga etadi. 

O'zbekistondagi musobaqa Panama futzali uchun to'rtinchi Jahon chempionati bo'ladi. Bungacha jamoa Tailand-2012, Kolumbiya-2016 va Litva-2021dagi jahon chempionatlarda ishtirok etgan.

Jamoaning eng yaxshi natijasi 2012 yil, Tailandda qayd etilgan. O'shanda Panama 1/8 finalga chiqishni uddalagan.


Panamaning Jahon chempionati uchun tarkibi: 

Darvozabonlar:
Xayme Penyalosa – "CD Los Lobos"
Xose Alvares – "Villa 9 La-Pas"    

O'yinchilar:
Alfonso Makensi – "Panta Valon" (Peru)
Xose Luis Kabalero – "Villa 9 La-Pas"
Rikardo Kastilo – "Villa 9 La-Pas"
Xose Eskobar – "CD Milenio Panama Oeste"
Xose Yervud – "Villa 9 La-Pas"
Yail Garsiya – "Villa 9 La-Pas"
Abdiel Ortis — "CD Los Lobos"
Ruman Milord – "CD Los Lobos"
Luis Vaskes – "Paraiso po futzalu (Kosta-Rika)
Mario Forero – "CHorrilo"
Abdiel Kastrellon – "Perexil"
Akviles Kampos – "CD Los Lobos"  

 

Panama terma jamoasining taqvimi:
Portugaliya – Panama – "Xumo Arena", Toshkent, 16 sentyabr
Marokash – Panama – "Xumo Arena", Tashkent, 19 sentyabr
Panama – Tojikiston – "Buxoro universal sport kompleksi", Buxoro, 22 sentyabr

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning uchta shahrida bo'lib o'tadigan futsal bo'yicha jahon chempionati 14 sentyabr kuni start oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика