So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  150 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  4 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

Futzal. Nodir Eliboev: "Osiyo chempioni bo'lmoqchimiz" Yangiliklar

Futzal. Nodir Eliboev: "Osiyo chempioni bo'lmoqchimiz"

Teglar :  FutzalNodir Eliboev
Bu yilgi Osiyo chempionati avvalgilaridan ancha farq qiladi, boyisi joriy yilgi turnirda jahon chempionatiga uchun 5ta yo'llanma ajratilgan.

Ushbu yirik musobaqaga mezbonlik qilish xuquqini OFK O'zbekistonga taqdim etganining o'zi biz uchun katta omad bo'ldi. Avvalgi jahon chempionati yo'llanmasini O'zbekiston terma jamoasi qo'lga kirita olmagandi. Bir qator terma jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazgan O'zbekiston futzal terma jamoasi ayni damda Toshkentda Osiyo chempionati uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Biz O'zbekiston futzal terma jamoasi safida bir necha yildan buyon o'ynab kelayotgan Nodir Eliboev bilan uchrashib undan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik haqida intervyu oldik.


-  Bu yilgi Osiyo chempionatiga qay darajada tayyorgarlik ko'ryapsizlar?
-  Tayyorgarlik ayni avjiga chiqqan pallada desam ham bo'ladi, kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazyapmiz, ko'proq texnikaga etibor qaratilyapti. Ispaniyadan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy, Braziliya davlatidan esa fizioterapevt jalb etilgan. Tayyorgarlik jarayonida bir qator xorij terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdik. Misol uchun qitamizning kuchli terma jamoasi hisoblangan Yaponiyaga qarshi ikki marta maydonga tushdik. Ilk uchrashuvda 0:3 hisobida mag'lub bo'ldik, javob o'yinida (4:4) durang natijasi qayd etildi. Evropa terma jamoasi bilan ham ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazdik. Birinchi uchrashuvda 2:4 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsak, ikkinchi uchrashuvda esa 5:3 natijasiga ko'ra bizning qo'limiz baland keldi. Yana bir qancha terma jamoalar bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdik. Yaqin kunlarda Qozog'iston va Vetnam terma jamoasiga qarshi ikkita navbatdagi o'rtoqlik o'yinini o'tkazamiz.

-  Guruhimizga to'xtalsak, 2000 yili Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'yinda (15:6), 2005 yilda (6:2), 2006 yili yarim finalda (4:2), 2014 yili esa (2:2) hisoblari qayd etilgan. Ushbu hisoblar nimadan dalolat beradi, Qirg'iziston terma jamoasi yildan yilga o'sib boryaptimi?

-  SHu narsaga ham etibor qaratibsizlar, bu hisoblar O'zbekiston terma jamoasi yildan yilga pasayib boryaptganidan dalolat bermaydi, balki qitamizdagi barcha terma jamoalarning o'sib borayotganini bildiradi. Misol uchun Eron terma jamoasini oladigan bo'lsak, bir necha yil oldin bu terma jamoa raqiblari darvozasiga kamida 7-8ta gol joylab qo'yar edi. Hozirgi kunga kelib esa ayrim jamoalar Eron bilan deyarli tengma–teng kurash olib boryapti. To'g'ri Eron terma jamoasini kuchsiz bo'lib qoldi demoqchi emasman, deyarli hammada avlodlar almashinuvi ro'y beradi. SHu jumladan bizda ham. 


- Osiyo chempionati qura natijasi biz uchun omadli keldi deya olasizmi?
- Ha albatta omadli keldi deya olaman. Osiyo chempionati O'zbekistonda o'tkazilishining o'zi biz uchun katta omad, qura natijasi esa yanada omadli keldi. Agar guruhda birinchi pog'onani band etadigan bo'lsak menimcha finalgacha Yaponiya va Eron terma jamoalariga qarshi to'qnash kelmas ekanmiz.

- Sizlar uchun rahbariyat tomonidan oldilarga faqat jahon chempionati chiptasini qo'lga kiritish qo'yilganmi?
- Eng avvalo oldimizga qo'yilgan vazifa bu Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo'lish, chunki bu unvonga ega bo'lish uchun bir necha yildan beri mehnat qilib harakat qilyapmiz. Xudo xohlasa barcha ishlarimiz o'ngidan keladi va biz Osiyo chempioni bo'lib jahon chempionatiga boramiz.

- Keling endi guruhimizdagi Saudiya Arabistoni terma jamoasiga to'xtalsak, ushbu jamoa haqida biron bir malumotga ega bo'ldinglarmi?
- Hozircha ushbu terma jamoa qanday o'yin namoyish etishadi, kimlar o'ynaydi hech qanday malumotga ega emasmiz. O'ylaymanki murabbiylarimiz ular haqida malumot to'plashyapti. Guruh bosqichidagi o'yinimizga qadar murabbiyimiz bizni ushbu terma jamoaga qarshi bemalol tayyorlay oladi.


- SHaxsiy hayotingizda qanday yangiliklar bor?
- SHaxsiy hayotim haqida gapiradigan bo'lsam, bankda ishlayotganimni inobatga olmasak u darajada katta o'zgarish bo'lmadi, faqat bir yoshga ulg'aydim.

- Bilamizki siz Qozog'istonning “OzenMunayGaz” jamoasida to'p tepib qaytdingiz. Sizga  ushbu jamoadanmi yoki boshqa jamoalardan takliflar bo'ldimi?

-  Hech qaysi jamoalardan takliflar bo'lmadi, taklif bo'lsa ham rad etgan bo'lardim. CHunki futzaldan tashqari Toshkentda o'zimni shaxsiy ishim bor, shuning uchun Toshkentdan boshqa erga keta olmayman.

- Suhbatimiz so'nggida muxlislarga tilaklaringiz.

- Yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bo'sin, yurtdoshlarimiz doimo sog'–salomat bo'lishsin. Osiyo chempionatida bizning o'yinimizga tashrif buyurib qo'ldan kelgancha qo'llab-quvvatlashsin. Eng asosiysi omad hech qachon ularni tark etmasin.  

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика