So’nggi yangiliklar

13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  14 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  4 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   11 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  6

Nodir Abdurazzoqov: "Jamoaning maqsadi har doim bitta bo'lgan. Hech qachon beshtalik yo o'ntalikda bo'lamiz degan o'y bo'lmagan" Yangiliklar

Nodir Abdurazzoqov: "Jamoaning maqsadi har doim bitta bo'lgan. Hech qachon beshtalik yo o'ntalikda bo'lamiz degan o'y bo'lmagan"

OKMK yarim himoyachisi Nodir Abdurazzoqov Rossiyaning "Rotor" klubiga qarshi o'yin yakunida yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni haqida fikr bildirdi.

– Yig'in qanday o'tmoqda?

– Yig'inga kelib qo'shilib oldik. Bugun birinchi marta to'liq o'ynadim. Qiyin bo'ldi, jismoniy jihatdan tayyor bo'lish uchun shunday o'yinlar o'tkazishimiz kerak. Yaxshi o'yin guvohiga aylandi. Biz uchun foydali bo'ldi deb o'ylayman. Rossiya jamoalari ko'pincha jismonan kuchli bo'ladi. Bu biz uchun yaxshi. Chunki Superligadagi raqiblarimiz ham shunday darajada.

– Yangi mavsumda porlashi kutilayotgan OKMK jamoasi asosan yoshlar bilan qatnashishi deyarli malum bo'lib ulgurdi. Jamoa oldiga qandaydir aniq vazifalar, maqsadlar qo'yilyaptimi?

– Jamoaning maqsadi har doim bitta bo'lgan, yani eng yuqori maqsad qo'yilgan. Hech qachon, misol uchun, beshtalik yo o'ntalikda bo'lamiz degan o'y bo'lmagan. Bosh murabbiy har doim eng yuqori talabni qo'yadi.

– Jamoa yangi mavsumga tayyormi?

– Jamoa mana shu oxirgi yig'indan keyin tayyor bo'ladi. Shunda bellashuvlarda ishtirok etsak, tayyor bo'lamiz.

– Yangi futbolchilarning moslashishi qanday kechmoqda?

– Jamoaga yaqinda kelganlarni yangi deb ham bo'lmaydi. Chunki hammamiz oldin birga o'ynaganmiz, hammamiz bir-birimizni bilamiz. Ichki muhit alo darajada. Qiyinchilik bo'lmaydi deb o'ylayman.

– Muxlislarga tilaklaringiz...

– Muxlislaridan qo'llab-quvvatlashini so'rab qolamiz. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика