So’nggi yangiliklar

20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  2 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  45 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2

Futzal. Kechagi uchrashuvlardan keyin bosh murabbiylar nimalar dedi? Yangiliklar

Futzal. Kechagi uchrashuvlardan keyin bosh murabbiylar nimalar dedi?

Futzal bo'yicha mamlakat chempionatining 1-turi 2-kungi doirasidagi bahslar yakuniga etdi.

Bugungi kun uchrashuvlaridan keyin jamoalar bosh murabbiylari o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Maxam-CHirchiq" - "Lokomotiv" (3:5) uchrashuvidan keyin

Abdujabbor G'afforov (“Maksam CHirchiq” bosh murabbiyi):

- O'yinda biz ko'proq xato qildik. Raqib jamoa o'z imkoniyatlaridan foydalanib gol urdi,  ko'p vaziyatlarda darvozaga to'p kirita olmadik. Futzalchilarim yosh, lekin umumiy olganda uchrashuv qiziqarli o'tdi.

Ahadjon Yusupov (“Lokomotiv” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Oson o'yin bo'lmadi, uchrashuv judayam tomoshabop o'tdi. Yoshlarni kuzatishda davom etyapmiz, o'ylaymanki to'g'ri yo'ldamiz. Darvozabonimiz Klim Tyugaev bugun haqiqiy jasorat ko'rsatdi, 4 ta dabl penaltini qaytardi ko'plab seyvlar amalga oshirdi. Omad ham bugun biz tomonda bo'ldi.

"Oil Star" - "Nasaf" (3:2) uchrashuvidan keyin:

Fuzuli Xayrullaev ("Oil Star" jamoasi bosh murabbiyi):

- O'yin biz kutganimizdan qiyin kechdi. Raqib ancha puxta tayyorgarlik ko'rgani malum bo'ldi. Agar, bugun biz o'z imkoniyatlarimizdan to'liq foydalana olganimizda kattaroq hisobda yutishimiz mumkin edi.

Oybek Polvonov (“Nasaf” futzal jamoasi o'ynovchi murabbiyi):

- O'yin juda qiyin bo'ldi, ozgina omad ham etishmadi. Yigitlarga rahmat, borini berishdi. O'zimizning xatolarimizdan ko'proq zarar ko'rdik. Bazi vaziyatlarda hakamlar ham ko'proq hushtak chalib yuborishayapti. SHu jihatga ozgina etibor qaratsak yaxshi bo'lardi.

"Neftchi" - "Paxtakor" (5:5) uchrashuvidan keyin:

SHuhrat Tashmedov (“Paxtakor” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Bugun yomon o'ynadik. Bunday o'yin bilan yaxshisi o'ynamaganimiz maqul. Futzalchilarga nima bo'lganini bilmayman. Hozir ular bilan gaplashamiz. 

Farruh Zokirov (“Neftchi” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Mavsumdagi dastlabki ochkoni qo'lga kiritdik, “Paxtakor” ham xuddi shunday. Jangovar durang bo'ldi. Bu keyingi o'yinlarga motivaciya beradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика