So’nggi yangiliklar

12:12Суперлига янги мавсуми 7 мартдан старт олиши кутилмоқда  0 11:48Сервер Жепаров нима учун Европада ўйнаш насиб қилмаганини тушунтирди  2 11:20Суперлига 25-тур фактлари. "Бунёдкор"да тарихий ғалаба, ОКМК 11 йилдан сўнг Тошкентда "Пахтакор"ни ютди, "Навбаҳор"нинг ишлари беш  0 10:42"Пахтакор"нинг Эрон клублари билан ўйинлари статистикаси қандай?  0 10:06Руд ван Нистелрой АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  1 09:33Роналдуни судга беришди  40 08:53Дебют ўйинида «Ипсвич»ни юта олмаган Аморим нималар деди?  7 08:14Саудия Арабистони чемпионати. «Ал Иттиҳод» «Ал Фотеҳ»ни мағлуб этди ва турнир жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  1 07:39Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» Машарипов жамоасига қарши баҳс олиб боради  8 02:05Илёс Қурбонов: "Ҳаёт-мамот ўйинида зафар қучдик. "Насаф"га қарши ҳам ғалаба учун майдонга чиқамиз"  2 01:45Иван Бошкович "Локомотив"га қарши ўйинда Йовович асосий таркибда тушмаганини айтди  3 01:29Григорий Колосовский: "Зарба бермасдан гол уриб бўлмайди"  3 00:24Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  47 23:59А Серия. "Наполи" — "Рома" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  4 23:30АПЛ. МЮ Аморим қўл остидаги илк ўйинда "Ипсвич Таун"ни мағлуб эта олмади  26

Futzal. JCH-2012. Ilk o'zbek hakami, ketma-ket ikkinchi marta finalga chiqqan O'zbekiston murabbiyi, falaj holatda qahramonga aylangan Falkao va libosidagi yulduzlardan mahrum etilgan Braziliya haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Futzal. JCH-2012. Ilk o'zbek hakami, ketma-ket ikkinchi marta finalga chiqqan O'zbekiston murabbiyi, falaj holatda qahramonga aylangan Falkao va libosidagi yulduzlardan mahrum etilgan Braziliya haqida hikoya qilamiz

Futzal bo'yicha mundial tarixi haqidagi malumotlar bilan tanishtirib boramiz.

Futzal bo'yicha FIFA tasnifidagi ettinchi jahon chempionatiga 2012 yilning 1–18 noyabr kunlari Tailand mezbonlik qildi. SHuningdek, musobaqani qabul qilish uchun Xitoy, Eron, Ozarbayjon, CHexiya, SHri Lanka va Gvatemala ham ariza topshirgandi. Uchrashuvlar dastlab to'rtta maydonda bo'lib o'tishi kerak edi. Qurilishdagi kechikishlar va xavfsizlik talabiga javob bermaganligi sababli, "Bangkok Arena"da rejalashtirilgan o'yinlar "Huamark Indur Stadium"ga ko'chirildi. 

Ushbu mundialda ishtirokchilar soni 20 tadan 24 taga ko'paydi. O'z navbatida, buyog'iga guruhida uchinchi o'rinni olgan jamoalarda ham pley-offga chiqish imkoni paydo bo'ldi. Yani, olti guruhda birinchi va ikkinchi pog'onani band etganlarga nimchorak finalda to'rtta eng yaxshi uchinchilar ham qo'shiladigan bo'ldi. Bu shakl bugungacha ham futzal mundiallarida saqlanib kelmoqda. 

Musobaqada amaldagi chempion Braziliya amaldagi finalchi Ispaniyani yana mag'lubiyatga uchratib, beshinchi marotaba chempionlikni tantana qildi. Hal qiluvchi uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi, qo'shimcha bo'limlar tugashiga 19 soniya qolganda, Neto Braziliyaga chempionlik golini tuhfa etdi. 

Braziliya olti karra jahon chempionligiga ishora qilib, musobaqaning ilk turini logotip ustida oltita yulduz tasvirlangan libosda o'tkazdi. Aslida, janubiy amerikaliklar mazkur turnirga qadar to'rt marotaba chempionlikka erishgandi. Gap shundaki, Xalqaro Futbol Federaciyasi (FIFA) futzal bo'yicha jahon chempionatini tashkil etishdan avval Xalqaro Futzal Federaciyasi (FIFUSA) mundialni o'tkazib kelardi, Braziliya esa mazkur turnirda ham ikki marotaba shohsupaga ko'tarilgan. Biroq FIFA o'zi tashkil etmagan musobaqani tan olmasligini malum qildi va ikkita yulduzchani olib tashlashni talab qildi. Braziliya futzal federaciyasi prezidenti Aesio de Borba FIFA qarorini qabul qilmasligini va kelishuvga erishilmasa, musobaqani tark etishini bildirdi. Keyinchalik u fikridan qaytdi jahon chempionatining qolgan qismini formasida to'rtta yulduz bilan o'ynashga rozi bo'ldi. Yangi libos tayyorlashga vaqt etmagani bois, libosdagi ikkita yulduz lenta yordamida bekitildi.

Ayni damda O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblangan Xose Venansio Lopes ketma-ket ikkinchi marotaba jahon chempionati finaliga chiqib, mag'lubiyatga uchradi. 

Ispaniya terma jamoasi sardori Kike jahon chempionatidagi o'zining to'rtinchi finalidan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunladi, shulardan ikkitasida zafar quchi, ikkitasida yutqazdi.

O'zbekiston futzal terma jamoasi o'sha mundialga chiqish uchun Osiyo chempionatida kurash olib borgan. Guruhda Kuvayt bilan bir xil 7 ochkodan to'plagan "oq bo'rilar" to'plar nisbatiga ko'ra ikkinchi o'rin bilan chorak finalga yo'l olgan. Ushbu bosqichda O'zbekiston Eron to'sig'idan o'ta olmadi (3:6).

Mazkur jahon chempionatida ilk bor o'zbekistonlik hakam SHuhrat Po'latov faoliyat olib bordi. U Rossiya — Solomon Orollari (16:0) uchrashuvida ishladi.

SHaxsiy sovrinlarga keladigan bo'lsak, ketma-ket ikkinchi mundialda asli braziliyalik bo'lgan Rossiya terma jamoasi azosi to'purar bo'ldi. 2008 yil Puli (16)dan keyin bu safar Eder Lima 9 ta gol bilan eng yaxshi to'purar bo'ldi. Musobaqaning oltin qo'lqopi italiyalik afsonaviy kiper Stefano Mammarellaga topshirildi. Musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi deya 7 ta to'p kiritgan braziliyalik Neto tan olindi.

Braziliya terma jamoasi etakchisi Falkao o'zining eng qiyin, shu bilan birga, eng unutilmas turnirini o'tkazdi. 35 yoshli futzalchi musobaqaning dastlabki turidayoq Yaponiyaga qarshi o'yinda jiddiy jarohat olib, birinchi bo'limdayoq maydonni ko'zyoshlar bilan tark etdi. 

Ko'p nashrlar uning uchun turnir yakuniga etgani haqida yoza boshladi. Qolaversa, stress natijasida uning yuz qismida falajlanish kuzatildi. Biroq u maydonga qaytdi. Nafaqat qaytdi, balki chempionlikning qo'lga kiritilishida muhim rollardan birini o'ynadi. Jumladan, u falaj holatida chorak finalda Argentinaga qarshi bahsda dubl qayd etib, hisobda ortda borayotgan jamoasiga g'alaba tuhfa etdi. 

SHu bilan birga, finalda hisobda oldinda borayotgan Ispaniya darvozasiga so'nggi daqiqalarda supergol urib, muvozanatni tikladi. Butun turnir davomida jami 28 daqiqa harakat qilgan 12-raqam egasi 4 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi, shularning uchtasida juda muhim gollar edi.


"A" guruhi

1 noyabr:

Ukraina-Paragvay 3:3 (1:1)

Tailand-Kosta-Rika 3:1 (1:0)

4 noyabr:

Paragvay-Kosta-Rika 3:6 (2:0)

Tailand-Ukraina 3:5 (0:5)

7 noyabr:

Kosta-Rika-Ukraina 1:6 (0:3)

Paragvay-Tailand 3:2 (3:1)

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Ukraina321014-77
Paragvay31119-114
Tailand31028-93
Kosta-Rika31028-123


"B" guruhi 

2 noyabr:

Panama-Marokash 8:3 (1:3)

Ispaniya-Eron 2:2 (2:0)

5 noyabr:

Marokash-Eron 1:2 (1:1)

Ispaniya-Panama 8:3 (5:1)

8 noyabr:

Eron-Panama 4:3 (3:1)

Marokash-Ispaniya 1:5 (0:3)

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Ispaniya321015-67
Eron32108-67
Panama310214-153
Marokash30035-150


"C" guruhi

1 noyabr:

Portugaliya-Liviya 5:1 (3:1)

Braziliya-Yaponiya 4:1 (1:0)

4 noyabr:

Yaponiya-Portugaliya 5:5 (2:5)

Liviya-Braziliya 0:13 (0:5)

7 noyabr:

Yaponiya-Liviya 4:2 (1:1)

Portugaliya-Braziliya 1:3 (1:1)

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Braziliya330020-29
Portugaliya311111-94
Yaponiya311110-114
Liviya30033-220


"D" guruhi

2 noyabr:

Italiya-Avstraliya 9:1 (4:0)

Argentina-Meksika 5:1 (2:0)

5 noyabr:

Avstraliya-Meksika 3:1 (0:1)

Argentina-Italiya 2:3

8 noyabr:

Meksika-Italiya 2:5 (0:1)

Avstraliya-Argentina 1:7 (1:3)

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Italiya330017-59
Argentina320114-56
Avstraliya31025-173
Meksika30034-130


"E" guruhi

3 noyabr:

CHexiya-Kuvayt 3:2 (1:0)

Serbiya-Misr 3:1 (0:0)

6 noyabr:

Kuvayt-Serbiya 2:7 (2:3)

Misr-CHexiya 7:2 (2:1)

9 noyabr:

Serbiya-CHexiya 2:2 (1:0)

Kuvayt-Misr 4:3 (4:1)

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Serbiya321012-57
CHexiya31117-114
Misr310211-93
Kuvayt31028-133


"F" guruhi

3 noyabr:

Gvatemala-Kolumbiya 5:2 (1:2)

Rossiya-Solomon orollari 16:0 (8:0)

6 noyabr:

Kolumbiya-Solomon orollari 11:3 (3:3)

Rossiya-Gvatemala 9:0 (6:0)

9 noyabr:

Solomon orollari-Gvatemala 4:3 (2:1)

Kolumbiya-Rossiya 0:2 (0:1)

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Rossiya330027-09
Kolumbiya310213-103
Gvatemala31028-153
Solomon orollari30037-300


1/8 final

Paragvay — Portugaliya 1:4

Ukraina — Yaponiya 6:3

Ispaniya — Tailand 7:1

Eron — Kolumbiya 1:2

Italiya — Misr 5:1

Braziliya — Panama 16:0

Rossiya — CHexiya 3:0

Serbiya — Argentina 1:2


CHorak final

Argentina — Braziliya 2:3 (q.b)

Kolumbiya — Ukraina 3:1

Portugaliya — Italiya 3:4 (q.b)

Ispaniya — Rossiya 3:2


Yarim final

Italiya — Ispaniya 1:4

Braziliya — Kolumbiya 3:1


3-o'rin uchun

Italiya — Kolumbiya 3:0


Final

Ispaniya — Braziliya 2:3 (q.b)

Gollar: Torras (30), Aikardo (31) — Neto (25, 50), Falkao (37)

Ispaniya: 1.Kristian, 12.Xuanxo, 2.Ortiz, 3.Aikardo, 8.Kike, 5.Fernandao, 10.Borxa, 4.Torras, 6.Alvaro, 7.Migelin, 9.Lozano, 11.Lin, 14.Alemao, 13.Rafa.

Braziliya: 1.Guitta, 2.Tiago, 11.Neto, 14.Rodrigo, 5.Rafael Rato, 6.Gabriel, 7.Vinisius, 8.Simi, 10.Fernandino, 12.Falkao, 4.Ari, 9.Je, 3.Franklin, 13.Vilde.


O'tkazilgan joyi: Tailand

O'tkazilgan shaharlar: 2 (Bangkok, Nakxonratchasima)

O'tkazilgan sanasi: 1 noyabr - 18 noyabr, 2012 yil

Ishtirokchilar: 24 (6 qitadan)

Muxlislar tashrifi: 160302 (har o'yinga 3083)

Urilgan gollar: 349 (har o'yinga 6.71ta gol)

To'purar: Eder Lima (Rossiya, 9ta gol)

Eng yaxshi o'yinchi: Neto (Braziliya)

Eng yaxshi darvozabon: Stefano Mammarella (Italiya)

"Fair-Play" sovrini: Argentina

CHempion - Braziliya

Ikkinchi o'rin - Ispaniya

Uchinchi o'rin - Italiya

To'rtinchi o'rin - Kolumbiya

Futzal. Futbol bo'yicha Evropa chempionlari ishtirok etgan ilk jahon chempionati haqida hikoya qilamiz

Futzal. JCH-1992. Pele tomosha qilgan hamda onasining qornida to'p tepishni boshlagan yalangoyoq bolakayning eng yaxshi o'yinchiga aylangani haqida hikoya qilamiz

Futzal. JCH-1996. Braziliya "trebl" qayd etdi

Futzal. JCH-2000. O'zbekistonning dastlabki urinishi, 29 ta gol o'tkazgan mezbon hamda bir o'yinda ikki darvozabonidan ayrilib, uchinchi posbon bilan Braziliyaning gegemonligiga chek qo'ygan chempion haqida hikoya qilamiz 

Futzal. JCH-2004. Turnir ostonasida qoqilgan O'zbekiston hamda braziliyalik futbolchilar bilan finalga qadar etib borgan Evropa mamlakati haqida hikoya qilamiz 

Futzal. JCH-2008. Braziliyaliklardan iborat yarim finalchilar hamda notanish ayol tufayli qahramonga aylangan Franklin Ruzvelt haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика