So’nggi yangiliklar

09:53“Реал Мадрид“ ярим ҳимояни кучайтириш учун учта футболчи номзодини кўриб чиқмоқда  0 09:22Forbes. Дунёнинг энг сердаромад спортчилар рейтинги тузилди  1 08:54Жозе Моуринью фаолиятини терма жамоада давом эттиришга яқин  2 08:23Ямал Роналду билан тенглашиб олди  6 07:55Флик мавсум ҳақида: “Мавсумдаги энг ёқимли лаҳзалар? “Реал“га қарши тўртта классико“  11 07:28Суперлига. Бугун 10-турга старт берилади  0 02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  56 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  4 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  9 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  2 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5

Futzal bo'yicha JCH. Eron so'nggi soniyalarda penaltidan foydalana olmadi va musobaqani tark etdi. Marokash chorak finalda Yangiliklar

Futzal bo'yicha JCH. Eron so'nggi soniyalarda penaltidan foydalana olmadi va musobaqani tark etdi. Marokash chorak finalda

Jahon chempionati 1/8 final bosqichining markaziy uchrashuvlaridan biri Eron - Marokash bahsi o'tkazildi.

Jahon chempionati 

1/8 final

Eron – Marokash  3:4 

Gollar: Muhammadhusayn Derohshoni 4', Xolid Bouzid 7', Sofyan El Mesrar 14', Sofyan El Mesrar 17', Idris Raiss El Fenni 19', Hossein Taebi 20', Muslim Oladgobad 22', 

Buxoro. "Universal" sport kompleksi. 17:30.

Eron (dastlabki beshlik): 1.Mohammadi Bagher, 5.Muhammadhusayn Derohshoni, 8.Muslim Oladgobad, 10.Hossein Taebi, 12.Salor Agapur.

Zaxira: 2.Said Momeni, 3.Yusef Hon Sajod, 4.Alirizo Rafiepur, 6.Muhammadrizo Sangi, 7.Ali Hasanzoda, 9.Said Ahmad Abbosi, 11.Mahdi Karimi, 13.Amirhossein Davudi, 14.Behruz Azimi.


Marokash (dastlabki beshlik): 1.Abdulkarim Anbia, 3.Anas El Ayyane, 6.Sofyan Borite, 10.Sofyan El Mesrar, 14.Idris Raiss El Fenni.

Zaxira: 12.Muhammad CHeridou, 13.Yussuf Bensellam, 2.Anas Dahani, 4.Muhammad Kamol, 7.Ismoil Amazal, 8.Sofyan CHarraoui, 9.Otman Boumezou, 11.Xolid Bouzid, 5.Otman Eldriss. 


Matnli translyaciya

Uchrashuv yakunlandi! Marokash 4:3 hisobida g'alaba qozondi

40. Hakam so'nggi daqiqada Marokash darvozasiga penalti belgiladi. Eronlik futzalchi esa penaltidan foydalana olmadi.

Uchrashuv yakunlanishiga nechadir soniya qoldi.

Vaqtni namoyish etuvchi monitorlar o'chib qoldi. SHunchaki dahshat!

38. Marokash terma jamoasi vakillari raqibni vaqt cho'zayotganlikda ayblashmoqda va shu sababli uchrashuv to'xtatildi.

38. Eronliklar yana bir marotaba xavfli jarima zarbasiga ega bo'lishmoqda.

TAYM-AUT! Eron terma jamoasi tanaffus olish imkoniyatidan foydalanishga qaror qildi.

36. Mahdi Karimining zarbasi darvoza to'sinining yonginasidan o'tib ketdi.

35. Sofyan CHarraoui darvozabon vazifasini bajarib berdi va to'pni to'xtatib qoldi. 

34. Eron xavfli jarima zarbasiga ega bo'lmoqda.

34. Eron bosim qilishda davom etmoqda. Marokash zich himoyalanmoqda.

33. Alirizo Rafiepur yaxshi vaziyatdan o'ta noaniq zarba yo'lladi.

32. Behruz Azimi ikki nafar futboldan qochib zarba yo'lladi. Zarba esa noaniq.

29. Behruz Azimidan kuchli zarba, ammo darvozabon o'z o'rnida.

27. Mahdi Karimidan noaniq zarba.

23. Marokash terma jamoasi qizil kartochka so'rab VARga murojaat qilishdi, ammo chetlatish bosh hakam tomonidan qanoatlantirilmadi.

22. GOLLLL!!!! Eron o'yinga qaytdi. Musli Oladgobad kuchli zarbasi bilan darvoza burchagini poyladi va hisobni 3:4 ko'rinishga keltirdi.

20. GOOOLL!!!! Hossein Taebi hisobni qisqartirdi.

20. Erondan dastlabki xavfli zarba, ammo raqib darvozaboni o'z o'rnida.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha Marokash Eronni yanchib tashlamoqda.

19. GOOOOLLL!!! Eronliklar parketda yo'qdek guyo. Sofyan Boritening havodan boshi bilan uzatgan pasini Idris Raiss El Fenni "Ibragimovich" uslubida darvozaga "mixlab qo'ydi"

19. Marokashdan qarshi hujum, ammo zarbaga aniqlik etishmadi.

18. Eron burchak zarbasini amalga oshirdi. Said Ahmad Abbosi yo'llagan yakuniy zarba esa noaniq.

17. GOOOOOLLL!!! Eron darvozabonining xatosidan so'ng Marokash hisobni yiriklashtirdi. Noaniq pasga birinchi bo'lib ega chiqqan Sofyan El Mesrar yakuniy zarbani ham o'zi amalga oshirdi va gol urdi. El Mesrardan "dubl" va Marokash 3:1 hisobida etakchilik qilmoqda.

Marokash terma jamoasi safidagi 11 raqamli futzalchi Xolid Bouzid jarohat oldi. Marokashlik futzalchi parketni shifokorlar yordamida tark etdi.

Uchrashuvning dastlabki 14 daqiqasida Eron 9ta(4ta aniq), Marokash esa jami 5ta(3ta aniq) zarba yo'lladi.

13. Agapur yana qanotdan zarba yo'lladi. Zarba o'ta noaniq bo'ldi.

11. GOOOOLL!!! Marokash burchak zarbasidan gol urdi. Burchak zarbasidan amalga oshirilgan pasni Sofyan El Mesrar darvoza tomon to'g'rilab yubordi. Marokash hisobda oldinga chiqib oldi.

11. Marokashlik futzalchi raqib darvozasi yaqinida yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq eronlik darvozabon zarbani tanasi bilan to'sdi.

10. Eron tezkor qarshi hujum amalga oshirdi, lekin qanotdan etkazilgan pasni darvozaga to'g'irlaydigan futzalchi topilmadi.

10. Salor Agapur o'ng qanotdan kuchli zarba yo'lladi. Zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

7. GOOOOLL!!! Marokash terma jamoasining 11 raqamli futzalchisi Xolid Bouzid diagonal pasni darvozaga to'g'irlab yubordi va hisobni tenglashtirdi. Eronlik darvozabon esa to'pni ushlab qola olmadi. Hisob 1:1.

7. Marokashdan xavfli vaziyat. Sofyan Boritening zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

5. Eronlik futzalchi qoidani buzdi. Marokash foydasiga fol.

5. Muslim Oladgobad marokashlik darvozabonning hushyorligini sinab ko'rdi. Darvozabon zarbani bartaraf etdi.

4. GOOOOLLL!!! Muhammadhusayn Derohshoni hisobni ochmoqda.

3. Marokashdan dastlabki samarasiz hujum.

2. Eronliklar shunchaki to'pga egalik qilmoqda.

1. Eron uchrashuvdagi dastlabki zarbani amalga oshirdi.

1. Uchrashuv boshlandi!!!

- Assalomu alaykum hurmatli futzal ishqibozlari. JCH 1/8 final doirasidagi Eron va Marokash terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan matnli translyaciyani boshlaymiz. 


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика