So’nggi yangiliklar

20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  2 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  45 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2

Futzal. 1-turning dastlabki kungi bahslaridan so'ng murabbiylar qanday fikrda? Yangiliklar

Futzal. 1-turning dastlabki kungi bahslaridan so'ng murabbiylar qanday fikrda?

Teglar :  FutzalOliy liga
Jizzax shahrida futzal bo'yicha O'zbekiston Oliy ligasining 1-tur bahslari start oldi.

SHuhrat Tashmedov (“Paxtakor” futzal jamoasi bosh murabbiyi): 

- Bugun xatolarimiz ko'p bo'ldi. Hisobni raqib ochgan bo'lsada, iroda ko'rsatib, 3:2 hisobida oldinga ham chiqib oldik. Biroq, shundan so'ng o'yinimiz biroz sustlashdi va ketma-ket gollar o'tkazib yubordik. Mavsum endi boshlandi. Ertaga “Neftchi” bilan kuch sinashamiz. Tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Fuzuli Xayrullaev (Oil Star jamoasi bosh murabbiyi):

- Barcha jamoalarni yangi mavsum bilan tabriklayman. Birinchi o'yin biroz o'g'ir kechdi, lekin bari-bir g'alaba qozondik. Oldimizga qo'yilgan maqsad sari davom etamiz. Bugungi o'yinni esdan chiqarib, ertangi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Oybek Polvonov (“Nasaf” futzal jamoasi o'ynovchi murabbiyi):

- Juda qiyin o'yin bo'ldi, chunki “Maksam CHirchiq” oldindan shakllangan jamoa. Ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Qolaversa, asosiy darvozabonimiz mashg'ulotlar vaqtida ko'zidan jarohat olgandi. Bu darvozabonimiz esa yangi. Xatolarimiz bor va ishlashda davom etamiz.

Abdujabbor G'afforov (“Maksam CHirchiq” bosh murabbiyi):

- Birinchi taymda futzalchilarim vaziyatni nazorat qildi. Ular yosh bo'lishgani uchun ikkinchi bo'lim ozgina kuchlari etmay qoldi. SHu sababli ikkinchi taymda ko'p xato qildik va taymni yutqazdik. Lekin eng muhimi 3 ochkoni qo'lga kiritdik.

Farhod Mirahmedov (“Lokomotiv” futzal jamoasi murabbiyi):

- CHempionat boshlangani bilan hammani tabriklayman. Birinchi o'yin har doim qiyin bo'ladi. Jamoamizning yangi futzalchilarini sinovdan o'tkazib oldik. Ular ham to'liq tayyorgarliksiz maydonga chiqish qanaqa oqibatlarga olib kelishini bilishdi.

Farruh Zokirov (“Neftchi” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- CHempionat boshlangani bilan barcha muxlislarni tabriklayman. “Lokomotiv” bizga mos jamoa edi. Birinchi taymda tengma-teng kurash bo'layotgan paytda himoyamizdagi bazi bir xatolar golga olib keldi va 2-taymda teng kurashgan bo'lsakda, birinchi taymdagi hisob o'z so'zini aytdi deb o'ylayman. Keyingi uchrashuvlarda yana yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz”.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика