Franko Xara: "Agar Messi MLS'ga kelsa, uning oyoqlarini o'pishga tayyorman"
27 fev 2021 14:50
Yangiliklar
Franko Xara: "Agar Messi MLS'ga kelsa, uning oyoqlarini o'pishga tayyorman"
Texasning "Dallas" jamoasi hujumchisi Franko Xara "Barselona" sardori Lionel Messining yaqin kelajakda MLS'da to'p tepishiga umid qilmoqda.
“Agar u o'ynash uchun bu erga kelsa, men uning oyoqlarini o'pishga tayyorman. Terma jamoadan chaqiruv olgan paytlarim bunday darajadagi futbolchilar bilan maydonga tushar edim. Messiga yuzma-yuz qarash umuman boshqacha. Bu erga Zlatan va Iguain keldi... Umid qilamanki, Messi ham bunday imkondan foydalanadi. Bu Messi va Krishtianu uchun futboldan tashqarida yashash, oddiy odam bo'lish imkoniyatidir. Barchamiz restoran, kinoga borishni, do'kon aylanishni yaxshi ko'ramiz. Qo'shma SHtatlar bizga shunday imkoniyatni taqdim qiladi”, — Xaraning so'zlarini keltiradi “90min”.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar