Forlan Grizmann haqida: "Tanishtiruvda logotipni o'padiganlarni tushunmayman"
01 avg 2019 12:40
Yangiliklar
Forlan Grizmann haqida: "Tanishtiruvda logotipni o'padiganlarni tushunmayman"
"Atletiko" sobiq hujumchisi Diego Forlan "matraschilar" safidan "Barselona"ga o'tgan forvard Antuan Grizmann haqida fikr bildirdi.
"Grizmann "Atletiko" safida mashhur futbolchiga aylandi, endi esa u "Barselona" futbolchisi. Tanishtiruv marosimida klub logotipini o'padiganlarni tushunmayman. Men hech qachon bunday qilmaganman" - dedi Diego Forlan.
Antuan Grizmann "Barselona" futbolchisi sifatida tanishtirilayotganda klub logotipini o'pgan edi.
Eslatib o'tamiz, Forlan 2015 yil Urugvayning "Penyarol" klubiga o'tgan. Diego taqdimot marosimida klub logotipidan bo'sa olgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar