Forlan: "Atletiko"dan farqli o'laroq "Barselona" va "Real"ning asosiy o'yinchilari qarishmoqda
05 sen 2019 10:59
Yangiliklar
Forlan: "Atletiko"dan farqli o'laroq "Barselona" va "Real"ning asosiy o'yinchilari qarishmoqda
Yaqinda faoliyatini yakunlagan "Atletiko" va Urugvay terma jamoasining sobiq hujumchisi Diego Forlan La Ligadagi kurash haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Men "Real" hamda "Barselona"ning ajoyib o'yinchilari borligini bilaman, ammo "Atletiko"da ham bunday futbolchilar bor. Ular juda yaxshi o'yinchilar bilan shartnoma imzolashdi. Misol uchun Joau Feliksni aytsam bo'ladi, Diego Kosta esa tajribali va juda iqtidorli futbolchi.
Ular jamoani yangiladilar va ajoyib mavsumoldi yig'ini tashkil etishdi. Endi ko'ramiz, ular ushbu mavsumda nimalar qila olishini. Ammo, ular hozircha shunchaki ajoyib ko'rinishmoqda.
"Atletiko" doim sovrinlar uchun kurashgan. "Real" va "Barselona" tarixini yaratgan futbolchilar ham qarishmoqda. Bu esa "Atletiko"ga ustunlikni taqdim etishi mumkin, - deydi Forlan.

O’xshash yangiliklar
00:46
3:0 dan keyin xotirjamlikka o'rin yo'q! Arbeloa "Man Siti"ga qarshi javob o'yinidan nima kutmoqda? 12
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar