"Fiorentina" "Tottenxem" futbolchisini ijaraga olmoqchi
10 avg 2022 14:57
Yangiliklar
"Fiorentina" "Tottenxem" futbolchisini ijaraga olmoqchi
"Fiorentina" "Tottenxem" yarim himoyachisi Jovanni Lo CHelsoga qiziqishni tikladi.
Italiya klubi 26 yoshli o'yinchi bilan shartnoma imzolash uchun kurashga qo'shildi. "Fiorentina" futbolchini bir mavsumga ijaraga olmoqchi va bitimga 20 mln evrolik xarid qilish huquqini qo'shmoqchi.
Oldinroq, Lo CHelso ushbu yozda "Vilyarreal"ga o'tish bo'yicha kelishuvga erishgani, ammo ispan klubi La Liganing moliyaviy feyr-pley qoidalari sabab bitimni amalga oshira olmasligi aytilgan edi.
Argentinalik yarim himoyachi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Vilyarreal"da o'tkazdi. Futbolchi klub safida barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar