Farhod Nishonov: "O'yindan ko'nglim to'lmadi. Birinchi bo'limda har tomonlama yutqazdik"
07 may 01:09
Yangiliklar
Farhod Nishonov: "O'yindan ko'nglim to'lmadi. Birinchi bo'limda har tomonlama yutqazdik"
– O'yin haqida
– Bugun birinchi taymda har tomonlama yutqazdik. Juda ham qiynaldik. Ikkinchi taymda esa men xohlagan o'yin chiqishni boshladi. Undan keyin ham juda ko'p vaziyatlar bo'ldi. Umumiy olganda o'yindan ko'nglim to'lmadi. Har doim oxirigacha kurashish kerak. Futbol bu kurash. Kurashmasa, yugurmasa ham kim uch ochkoni bermaydi.
– "Jayxun" jamoasining o'yini haqida qanday fikrdasiz?
– "Jayxun"ni o'rganganmiz, ular biz kutgan o'yinni ko'rsatishdi. Agar vaziyatlardan foydalanganimizda to'liq qoniqish hosil qilgan bo'lardik.
– O'yinda gol urishga nima halaqit qildi?
– "Jayxun"ni o'rganganimizda ularning nozik nuqtasi aynan standardlar edi. O'yindagi vaziyatlarni maxorat sabab golga aylantira olmadik. Futbolchilarimiz o'zini ustida ishlasa, bu kabi vaziyatlarni golga aylantirishga erishamiz. "Jayxun" jamoaviy o'yin ko'rsatadi, oxirgacha kurashadi. Umuman olganda raqib jamoa menga yoqdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar