Eshitdik-da! "Navbahor"ga ikki braziliyalik himoyachi kelmoqda
24 dek 13:18
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Navbahor"ga ikki braziliyalik himoyachi kelmoqda
Namanganning "Navbahor" klubi qishki transfer oynasidagi faoliyatini davom ettirmoqda.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "lochinlar" safiga tez orada ikki nafar braziliyalik himoyachi qo'shiladi.
Ulardan biri faoliyati davomida "Gremio", "Ponte Preta", "SHapekoense", "Juventude" kabi mashhur klublarda to'p tepgan 25 yoshli chap qanot himoyachisi Gilerme Gedesh. Uning so'nggi klubi "Amerika RN" jamoasi bo'ldi.
Ikkinchi braziliyalik futbolchi 25 yoshli markaziy himoyachi Igor Gabriel. U faoliyati davomida "Fluminense", "Sabah" (Ozarbayjon), "Dinamo Minsk" (Belarus), "Lvov" (Ukraina) va "Xaybernian" (Malta) klublarida o'ynagan.
Fikrlar