Eshitdik-da! "Navbahor" JCH-2022'da o'ynagan futbolchiga qiziqish bildirmoqda
21 dek 2022 19:10
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Navbahor" JCH-2022'da o'ynagan futbolchiga qiziqish bildirmoqda
Namangan klubi o'z tarkibini legionerlar evaziga kuchaytirmoqchi.
"Navbahor" klubi yangi mavsum uchun harakatni boshlab yuborishgan. Championat.asia saytining malumotlariga ko'ra, "lochinlar" Eronning "Istiqlol" klubi chap qanot himoyachisi Abulfazl Jaloliga qiziqish bildirmoqda.
24 yoshli futbolchi Eron terma jamoasi safida Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatida ishtirok etdi hamda AQSHga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushirildi.
Jaloli bungacha "Saypa" klubi sharafini ham himoya qilgan. Futbolchining "Istiqlol" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Transfermarkt portali eronlik himoyachini 400 ming evroga baholagan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Navbahor" Farruh Ikromov bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar