Eshitdik-da! Futzal va sohil futboli uchun masul tashkilot rahbariyati yangi yilga qadar malum bo'ladi
20 dek 14:05
Yangiliklar
Eshitdik-da! Futzal va sohil futboli uchun masul tashkilot rahbariyati yangi yilga qadar malum bo'ladi
Avvalroq O'FA Ijroiya qo'mitasining qarori bilan mamlakat futzali va sohil futboli uchun javobgar alohida tashkilot tuzish masalasi belgilangani haqida malumot berilgandi.
Ayni vaqtda uni tashkil etish va uni davlat ro'yxatidan o'tkazish, yangi tashkilotda faoliyat olib boradigan kadrlarni saralash va tanlash kabi ishlar davom etmoqda. O'FA va O'zPFLda faoliyatini davom ettirayotgan qator kadrlar suhbatlarga jalb qilingan.
Malum bo'lishicha, yangi tashkilotning kelgusi faoliyati qanday bo'lishi masalasi OAV ishtirokida katta tadbir o'tkazish orqali malum qilinadi. Unda Sport vazirligi, MOQ va O'FA rahbariyati, O'zPFL vakillari ishtirok etishi ko'zda tutilgan. O'FA tez orada uning barcha tafsilotlarini elon qilishi kutilmoqda.
Fikrlar