Eron U-23 bosh murabbiyi Mehdi Mahdavikiya: "Bizda tayyorgarlik uchun vaqt kam bo'ldi"
31 may 2022 11:48
Yangiliklar
Eron U-23 bosh murabbiyi Mehdi Mahdavikiya: "Bizda tayyorgarlik uchun vaqt kam bo'ldi"
- Musobaqa haqida fikrlaringiz...
"Bizda tayyorgarlik uchun kam vaqt bo'ldi. Asosan, mahalliy klublar va Iroqqa qarshi o'ynadik. Aynan oxirgi 2 ta o'yinimiz Iroqqa qarshi kechdi", – dedi bosh murabbiy Mehdi Mahdavikiya.

"Bu erga yaxshi o'yin ko'rsatish uchun keldik. Turnirda yaxshi natija qo'lga kiritishga harakat qilamiz", – dedi Yosin Salmoni.
- Guruhdagi raqiblar xususida qanday fikrdasiz?
- Biz barcha raqiblarni hurmat qilamiz. Ularga nisbatan hurmatimiz baland. Etiborimizni o'z o'yinimizga qaratamiz.

- Ushbu musobaqaga kelishdan oldin bir nechta Ali Rizo Rizoiy va boshqa futbolchilar ayrim sabablarga ko'ra tarkibga kira olmadi?
- Bu biz uchun katta yo'qotish emas. Barcha poziciyalarda iqtidorli futbolchilarimiz bor. O'ylaymanki, bu musobaqada bizga xalaqit qilmaydi.

- Eron terma jamoasi sardoriga savol. Qatarga qarshi o'yindan nimalarni kutyapsiz?
- Balki biz juda yosh jamoadirmiz, lekin yaxshi tayyyorgarlik olib bordik. Ijobiy natija ko'rsatishga kuchimiz etadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar