Ernesto Valverde Rakitichning jamoadan ketishi mumkinligiga izoh berdi
10 avg 2019 11:15
Yangiliklar
Ernesto Valverde Rakitichning jamoadan ketishi mumkinligiga izoh berdi
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoa yarim himoyachisi Ivan Rakitich haqida fikr bildirdi.
- Rakitich biz uchun juda muhim o'yinchi. Hozir men uni qolish yoki qolmasligini bilmayman. Ammo, men unga jamoadagi barcha futbolchilar singari ishonch bildiraman, - deydi Valverde.
Rakitichning "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar amal qiladi.
Xorvatiyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" safiga 2014 yilda "Sevilya"dan o'tgan edi. U bundan oldin "Bazel" va "SHalke 04" klublarida o'ynagan.
Oldinroq, "Everton" o'yinchiga jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar