Ernan Krespo: "SHuncha vaziyatlar yaratib, durang bilan uyga qaytish biroz alam qiladi"
14 fev 2024 22:01
Yangiliklar
Ernan Krespo: "SHuncha vaziyatlar yaratib, durang bilan uyga qaytish biroz alam qiladi"
– Janob murabbiy, uchrashuv haqidagi fikrlaringiz qanday?
– Juda qiyin o'yin. Ko'prog'iga loyiq edik. Ko'proq vaziyatlar yaratishimiz mumkin edi. Aytganimdek, ikkala jamoa uchun ham qiyin o'tgan bahsda biz durangga imzo chekdik.
– Murabbiy o'yin natijasidan qoniqdimi?
– Bir tomondan qaraganda bu normal holatdek tuyilishi mumkin. Biroq, shuncha qulay vaziyatlar yaratib, darvoza ustunini nishonga olib va o'yin oxiridagi vaziyatdan foydalana olmay, uyga durang bilan qaytish biroz alam qiladi. Lekin safar o'yinida, "Nasaf"ga o'xshagan kuchli raqibga qarshi mag'lub bo'lmaslik unchalik ham yomon natija emas, aslida.

– Osiyoning klublar reytingida "Al Ayn" 19-o'rinda, "Nasaf" esa 46-pog'onada qayd etilgan. Jamoangiz reytingdagi katta ustunlikni bugun maydonda qanchalik ko'rsata oldi deb o'ylaysiz?
– Reyting haqida gapirish g'alati, chunki bu futbol. Bu haqida nimadir deya olmayman. Bugungi o'yindan qoniqdim, lekin ko'prog'iga qodir edik. Asosiy maqsadimiz uyda bo'ladigan uchrashuvda g'alaba qozonish.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar