Erik ten Xag: "ECHLda qolishni istasak, bunday o'yinlarda g'alaba qozonish kerak"
30 noy 2023 10:05
Yangiliklar
Erik ten Xag: "ECHLda qolishni istasak, bunday o'yinlarda g'alaba qozonish kerak"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Galatasaroy"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
-Biz yutayotgandik, keyin esa tashabbusni boy berib qo'ydik. Uch ochko olishimiz kerak edi.
O'yinimizdan mamnunman. Lekin himoyamizni tanqid qilishim kerak. CHunki himoyamiz etarli darajada yaxshi bo'lmadi. Biz 3:1 hisobibda g'alaba qozona turib, bunday xatolar qilmasligimiz kerak edi.
-O'tkazib yuborilgan golda kim aybdor?
-Har doim men. Buning uchun men javobgarman. Loyiha endi qurilayotganini bilamiz. Buni yanada rivojlantirishimiz kerak.
To'g'ri yo'lda harakatlanyapmiz. CHunki kelajakda muvaffaqiyatga erishishimizni bilaman. Ammo agar ECHlda qolishni istasak, bunday o'yinlarda g'alaba qozonish kerak", - dedi ten Xag.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar