So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Ektor Kuper: "Ertaga muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatamiz" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Ertaga muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatamiz"

Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Ummon o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumanining dastlabki qismida Ektor Kuper va Odil Ahmedov ishtirok etdi.


Dastlab murabbiy va futbolchidan Ummon bilan o'yindan oldingi fikrlarini bildirish so'raldi:

"Biz faqat Ummon bilan o'yinga emas, butun musobaqaga tayyorlandik. To'g'ri birinchi raqibimiz Ummon bo'ladi. Musobaqaga yuqori kayfiyatda tayyorlandik va ishladik. Barchamiz ertangi o'yinga tayyormiz. Nasib qilsa hammasi yaxshi bo'ladi", - deydi Kuper. 

"Barchani Osiyo Kubogi boshlanishi bilan tabriklayman. Ummon bilan chiroyli o'yin bo'ladi deb o'ylayman. Ertaga biz uchun ijobiy kun bo'lishini xohlardik", - deydi Odil Ahmedov. 


Xorijlik jurnalist - Ummon Fors ko'rfazi kubogini qo'lga kiritgan. Raqib haqida fikringiz qanday? 

Ektor Kuper: - Ummon yaxshi terma jamoa. Lekin ularni maydonda ko'rishimiz kerak. Fors ko'rfazi kubogi kuchli musobaqa. Osiyo Kubogida har qanday jamoa syurpriz taqdim etishi mumkin.


Xorijlik jurnalist - Ummon terma jamoasi sardori va darvozaboni Ali Al Habsi Osiyo Kubogida qatnashmaydi. SHu haqda qanday fikrdasiz? 

Odil Ahmedov: - Bu darvozabonni yaxshi taniyman. U kuchli darvozabon. Ummon terma jamoasi uchun juda katta yo'qotish deb ayta olaman. Agar uning yo'qligi bizga yordam bersa xursand bo'laman. 



Xayrulla Xoliqov (championat.asia) - Noyabr oyida Avstraliyada Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng deyarli 50 kun vaqt o'tdi. Ammo jamoamiz o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmadi. Bunday katta musobaqadan oldin bu sizni qanchalik xavotirga solayapti? 

Ektor Kuper: - Bu mening qarorim. Lekin havotirga tushganim yo'q. Terma jamoalarga qarshi o'ynasak ham bo'lardi, ammo futbolchilarning jarohat olishlari xavfi borligi uchun shunday qarorga keldik. Osiyo Kubogida qatnashadigan terma jamoa bo'lganida albatta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushardik, biroq bunday jamoa topilmadi. 


SHahboz Beg'amov (championat.asia) - O'zbekiston terma jamoasiga kelganingizda jamoaning yangi o'yin qiyofasini shakllantirish uchun bir oy vaqt kerak bo'ladi degandingiz. O'rtoqlik o'yinlaridagi natijalar o'z yo'liga. O'tgan vaqt mobaynida jamoani Osiyo Kubogiga o'zingiz istagan qiyofaga kirgiza oldingizmi?  

Ektor Kuper: - Biz birgalikda etarli vaqt ishladik. Nimalarnidir o'zgartirishga harakat qildik. Ammo hech qaysi murabbiy qaysidir futbolchi ertaga maydonga tushib o'ynab ketishiga kafolat bermaydi. Kelinglar yaxshi niyat qilib turaylik. Ertaga nasib qilsa muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatamiz. 



Kamronbek CHegaboev (kun.uz) - Terma jamoaning jismoniy tayyorgarligini qanday baholaysiz? CHunki muxlislarda doim shu havotir bo'lib kelgan. 

Odil Ahmedov: - Kim ko'proq to'p bilan bo'lsa o'sha jamoa g'alaba qozonadi. SHu bois jismoniy tayyorgarlikka alohida etibor qaratganmiz.


Narzulla Saydullaev SHarja shahridan

Reyting: +116   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика