"Milan" Vlaxovichni olish uchun yarim himoyachisidan voz kechadimi?
01 avg 17:38
Yangiliklar


"Milan" Vlaxovichni olish uchun yarim himoyachisidan voz kechadimi?
"Milan" rahbariyati ushbu yozgi transfer oynasida Turinning "Yuventus" klubi bilan serbiyalik yulduz hujumchi Dushan Vlaxovich transferi borasida kelishuvga erishmoqchi.
"La Repubblica" xabariga ko'ra, milanliklar 25 yoshli futbolchi uchun "keksa sinora"ga 10 million evro va jazoirlik yarim himoyachi Ismael Bennaserni taklif qilishga tayyor.
Qayd etish joiz, "Yuventus" forvardni bunday shartlar bilan qo'yib yuborishga tayyor emas. Turin klubi serbiyalikni sotishdan 60 million evroga yaqin daromad olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Dushan Vlaxovich o'tgan mavsum "Yuventus" tarkibida Italiya chempionatida 29 o'yinda ishtirok etib, 10 ta to'p kiritgan va 4 ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar