Ekspert hakamlar komissiyasi: Hakamlar "Navbahor" va "Andijon" darvozalariga xato penalti belgilashgan
05 may 12:53
Yangiliklar
Ekspert hakamlar komissiyasi: Hakamlar "Navbahor" va "Andijon" darvozalariga xato penalti belgilashgan
Superliganing 8-turidan o'rin olgan o'yinlar yakuniga ko'ra bir nechta bahsli vaziyatlar yuzaga keldi.
Biz shulardan ikkitasi bo'yicha O'zFHM bosh direktori vazifasini bajaruvchisi Mamur Saidqosimovdan izoh oldik:
"Qizilqum" - "Navbahor" uchrashuvi so'nggi daqiqalarida bosh hakam Ahrol Risqullaev mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilagan. Ekspert hakamlar komissiyasi bu vaziyatni ko'rib chiqdi va to'p futbolchining qo'liga tegmagani aniqlandi. Xulosa: Ahrol Risqullaev penaltini noto'g'ri belgilagan.
OKMK - "Andijon" uchrashuvining 85-daqiqasida bosh hakam Rustam Lutfullin mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilagan. Ekspert hakamlar komissiyasi bu vaziyatni ko'rib chiqdi va bunday vaziyatlar uchun penalti belgilash tavsiya etilmaydi degan xulosaga kelishdi. Xulosa: Rustam Lutfullin penaltini noto'g'ri belgilagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar