So’nggi yangiliklar

16:11Шерзод Аъзамов: "Дориев "Сўғдиёна"га келганида 30 минг доллар маош олган экан"  2 15:28Германия супер клуби Нико Уильямсни сотиб олмоқчи  0 15:00Неймар жароҳатини даволаш учун кунига 11 соатгача машқ қилмоқда. "Сантос" ҳужумчи билан шартномани узайтириш масаласини муҳокама қилади  25 14:31U-15 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Арманистондан устун келди  6 14:18Нуньесга итальян гранди қизиқмоқда. "Ливерпуль" ҳужумчи учун 50-55 млн евро ва бонуслар хоҳлайди  1 13:42Конте "Наполи" бош мураббийлигидан кетиб, "Ювентус"ни бошқариши мумкин  3 13:14Лондон гранди "Ипсвич"га Делап бўйича таклиф билан чиқди  1 12:48"Ливерпуль" ўз футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 12:18Шикка "Арсенал", "Манчестер Юнайтед" ва "Челси" клублари қизиқмоқда  0 11:49Эшитдик-да! Ўзбекистон U-14нинг немис мураббийи терма жамоа билан Арманистонга бормади  2 11:23"ПСЖ галактикосдан қутулиб, ҳақиқий жамоага айланди. У финалга лойиқ эди. Энрике EЧЛда ҳеч ким юк бўлмаслиги кераклигини тушунади". Харгривс парижликлар таркиби ҳақида  42 10:49"Ал Ҳилол" АПЛдан мураббий олиб келмоқчи  4 10:20Элдор Шомуродов – А Серия 35-тур рамзий терма жамоасига киритилди  12 10:00Бразилия Осиё чемпионати финалчисини аяб ўтирмади  2 09:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  14

ECHL. PSJ o'z uyida ham "Arsenal"dan ustun keldi va finalga yo'l oldi! Yangiliklar

ECHL. PSJ o'z uyida ham "Arsenal"dan ustun keldi va finalga yo'l oldi!

Teglar :  ECHL Arsenal PSJ
ECHL finalining ikkinchi ishtirokchisi aniqlandi.

Bu ikki o'yin natijasiga ko'ra 3:1 hisobida g'alaba qozongan "Pari Sen-Jermen" jamoasi bo'ldi. Endi "Alyanc Arena" mezbonligidagi 31 may kungi finalda PSJ – "Inter" to'qnashuviga guvoh bo'lamiz.

Chempionlar Ligasi

1/2 final

Javob uchrashuvi

PSJ – "Arsenal" 2:1 

Parij. "Park de Prens". 00:00

Gollar: Fabian Ruis 27, Ashraf Hakimi 72' – Bukayo Saka 76'

Gol urilmagan penalti: Vitinya 69' (darvozabon)

PSJ: Janluiji Donnarumma, Ashraf Hakimi, Markinos, Vilyan Pacho, Nunu Mendesh (Gonsalu Ramush, 88), Joau Nevesh, Vitinya, Fabian Ruis, Bredli Barkolya (Usmon Dembele, 70), Xvicha Kvaracxeliya, Dezire Due (Lyuka Ernandes, 74).

"Arsenal": David Rayya, Yurrien Timber (Ben Uayt, 83), Uilyam Saliba, Yakub Kivyor, Mayls Lyuis-Skelli (Rikkardo Kalafori, 68), Deklan Rays, Tomas Parti, Martin Edegor, Bukayo Saka, Gabriel Martinelli (Laendro Trossard, 68), Mikel Merino.

Ogohlantirishlar: Nunu Mendesh (18), Deklan Rays (26), Mayls Lyuis-Skelli (56), Rikkardo Kalafori (86), Xvicha Kvaracxeliya (86), Bukayo Saka (86).

Birinchi uchrashuv: 1:0

MATNLI TRANSLYACIYA

UCHRASHUV YAKUNLANDI! PSJ QIT'ANING ENG NUFUZLI TURNIRI FINALIDA!

90+2. Zarba! Merino bosh bilan noaniq zarba yo'lladi va afsus-nadomat chekdi. 

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi.

88. PSJda o'zgarish: Mendesh o'rniga Ramush tushirildi. 

86. Bukayo Sakaga etiroz uchun sariq kartochka berildi. 

86. Kalafori va Kvaracxeliya tortishib ketishdi va ularning ikkisi ham ogohlantirildi. 

83. "Arsenal"da o'zgarish: Timber o'rniga Uayt o'yinga qo'shildi. 

81. Zarbaaa! Bu gal Dembelening zarbasini Rayya qaytardi! Kuchli zarba! Qoyilmaqom seyv!  

80. Uuuux! Bukayo Saka Kalaforning pasidan keyin yaqin masofadan noaniq zarba berdi. Dahshat! 

79. PSJ futbolchilari qisqa paslar bilan o'ynab, tempni biroz pasaytirmoqda va hujumga tayyorgarlik ko'rmoqda.

76. GOOOOOL! Bukayo Saka himoyachi orqali kelgan to'pni qabul qilib olib, darvozabonni aldadi va bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi – 2:1! 

74. PSJda o'zgarish: Due o'rniga Ernandes tushirildi. 

72. GOOOOL! Dembele tushishi bilan foyda keltirdi, uning pasidan keyin Hakimi to'pni pastki burchakka yo'naltirdi – 2:0!

70. PSJda almashtirish: Barkolya o'rniga Dembele maydonga tushdi. 

69. Uuuux! Vitinya penaltidan unumli foydalana olmadi. Uning pastki burchakka yo'llagan zarbasini Rayya qaytardi!

68. "Arsenal"da 2 ta o'zgarish: Lyuis-Skelli o'rniga Kalafori, Martinelli o'rniga Trossard tushdi. 

66. Penalti! Hakimining zarbasidan keyin to'p Lyuis-Skellining qo'liga tegdi. 

65. "Arsenal" vakili qo'l bilan o'ynagan bo'lishi mumkin. Bosh hakam VAR monitori sari yo'l oldi. 

64. Uuuux! Bukayo Sakaning qoyilmaqom aylanma zarbasini Janluiji Donnarumma bartaraf etdi! Dahshaaat! Donnarumma "jinni", "tentak"!

60. Edegor ichkariga pas uzatdi, Donnarumma chiqib kelib to'pni urib yubordi.

58. Uuux! Saka burchak zarbasidan to'g'ridan to'g'ri darvozani poyladi, ammo Donnarumma to'pni qaytardi! 

57. Zarbaaa! Sakaning o'ng oyoqda bergan zarbasi yo'liga Mendesh g'ov bo'ldi, burchak zarbasi. 

56. Mayls Lyuis-Skelli Barkolyani qo'pollik ishlatib, to'xtatib qoldi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

53. Mendeshning pasidan so'ng Due darvoza tomon aylanma zarba berishga urindi, ammo to'p noaniq ko'rinish oldi. 

49. Martinelli chap qanotda Hakimini aldashga urindi, ammo kutilmaganda Barkolya yordamga etib keldi va to'pni olib qo'ydi.

48. Mahalliy aholi turli qo'shiqlarni kuylab, sevimli jamoalari Chempionlar Ligasi finaliga chiqayotganini bayram qilishni boshladi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi taym yakunlandi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Bukayo Saka jarima maydonchasi ichida faollik namoyish etib, zarbaga o'xshab ketadigan pas uzatdi, ammo to'p sherigiga qadar etib bormadi. 

41. Mehmonlar astoydil pressingda ishlamoqda, ammo ko'pchilik futbolchilar charchab qolgani uchun bu dastlabki 15 daqiqalikdagi kabi ish bermayapti. 

39. Nevesh va Due o'zaro kombinaciya hosil qilib, fint bilan sherigiga pas berdi, ammo londonlik himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

37. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika 43 ga 57 foizni ko'rsatmoqda. Biroq bu bo'yicha ustunlik hisobda aks etmasa, hammasi foydasiz bo'lib qolaveradi. 

35. Merino raqibni chalish orqali to'pni olib qo'yishga harakat qilib ko'rdi, biroq hakam qoida buzish qayd etdi.

33. Zarbalar bo'yicha statistika: 4 - 6

30. Uuuux! "Arsenal"dan qo'pol xato va PSJdan xavfli hujum. Barkolya bir himoyachini aldab, erlatib zarba berdi, ammo Rayya to'p darvozadan joy olishiga yo'l qo'ymadi.  

27. GOOOOOL! Fabin Ruis jarima maydonchasi chizig'idan yo'llagan kuchli zarbasi orqali to'pni shunchaki darvozaga joylab qo'ydi – 1:0!


26. Deklan Rays Xvicha Kvaracxeliyaga nisbatan qoidani buzdi va jazolandi. 

23. Zarba! Mehmonlar xatosidan so'ng Dezire Due darvozani nishonga olishga urinib ko'rdi, ammo to'p to'g'ri Rayyaning qo'llariga borib tushdi. 

22. Zarba! Timberning o'ng oyoqda olisdan bergan zarbasiga Janluiji Donnarumma ega chiqdi. 

18. Nunu Mendesh Yurrien Timberga nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi. 

17. Zarbaaa! Xvicha Kvaracxeliya jarima maydonchasi burchagidan zarba yo'lladi va darvoza ustunini poyladi. Yaxshi zarba. 

13. Parijliklar to'pni londonliklarga topshirib, himoyada xotirjamlikni saqlab turibdi. 

11. PSJ to'pni egallab olib, katta tezlikda oldinga o'tdi. Hakimining erlatib bergan pasi yaxshi o'ylandi, lekin bu David Rayyaga tayyor sovg'a edi. 

9. Donnarummaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Luis Enrike vaziyatdan foydalanib, shogirdlariga bir nimalarni uqtirmoqda. 

8. Zarbaaa! Dahshaaat! Martin Edegorning erlatib yo'llagan kuchli zarbasini Donnarumma qaytarishga erishdi! Qanday darvozabon-e bu! 

4. Zarbaaa! Martinellining yaqin masofadan chap oyoqda bergan zarbasini Donnarumma qaytardi! Eng qizig'i, to'p "aut"dan uzatilgandi. 

3. Uuuux! Timberning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Deklan Rays bosh bilan darvozani biroz noaniq nishonga oldi. Birinchi xavfli zarba "Real"ni ranjitgan futbolchida. 

2. "Park de Prens" bugun shunchaki "yonadi". PSJ birinchi uchrashuvdagi shashtini ko'rsatsa, "Arsenal" yo'qotadigan narsasi yo'qligini his etgan holda jang taklif etadi. 

1. Germaniyalik bosh hakam Feliks Cvayer o'yinni boshlab berdi! 

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi va ECHL madhiyasi yangrab o'tdi. 

- Uchrashuv 00:00 da boshlanadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

+7   
08 may 03:19:49
Turabek Sh
Реал мухлислари финалда томоша килиш завклирок булса керак
Сабаби барсани чиказворган Интер булса
Иккинчисида Арсенални йулидан олиб ташаган Псж
+7   
08 may 02:27:37
=JAGUAR=
PSJ APL klublarini terib tashladi
+6   
08 may 01:58:20
Aziz Baxromov
Horami Arsenalini vaqtinchalik muhlisalari qani . Xd
+6   
08 may 01:56:05
Arsenal 14
PSJ muxlislarini final yo'llanmasi bn tabriklaymiz. Arsenalni joyi yarimfinalgacha ekan
+6   
08 may 01:36:06
Tohir P
Qaysi jamoada darvozabon va himoya kuchli bo'lsa usha jamoa o'yinni yutmoqda.
+5   
08 may 06:42:50
Fayzulloh
Арсенал бошсиз чумолига ухшайди максадсиз клуб, Париж клубига офарин плай оффда АПЛни 3 та клубини чикариб ташлади, ЕЧЛ кубоги Францияга кетса хам Италияга кетса хам, мухлислар хурсанд булади
+5   
08 may 02:03:16
Baxtiyor Nazarov
Final PSG-Inter kim yutsayam mayli. Shu ikki jamoa qolganlardan ajralib turdi. Finalda har ikkisiga omadlar!!!
+4   
08 may 02:32:51
Ulugbek Xasanov
Azamat Shoha foydalanuvchining fikriga javob berish
Барсачилар финалда ПСЖ га мухлислик киларканде, Огриклар кайтиши учун анча вакт кк
Nmaga Barsani muhlislarini qoshyabsiz yoʻq joydan. Siz ham ogʻriq qaytishi uchun interga muhlislik qlibsizda
+4   
08 may 02:08:10
TOSHQONDIY
Абдугаффор . N foydalanuvchining fikriga javob berish
ПСЖ чемпион! Интерниям ютса керак!
QANIYDI SHUNDAY BOLSA EDI , 15 YIL DAVOMIDA SOCHIMNI OQARTIRGAN PSG DAN ROZI BOLARDIM.
+4   
08 may 02:08:06
Azamat Shoha
Барсачилар финалда ПСЖ га мухлислик киларканде, Огриклар кайтиши учун анча вакт кк
+4   
08 may 02:06:53
Baxtiyor Nazarov
Shaxsan Realni yutgan jamoani finalda bo'lishini xoxlamasdim!!! Barsa Arsa chiqib ketgani yaxshi bo'ldi
+4   
08 may 01:08:19
Odilbek Abdushukurov
Eng yaxshi himoyaga ega jamoa chempion bo‘ladi. Bu PSJ, menimcha.
+3   
08 may 02:56:43
Umidjon Abduraxmonov
M Gaye foydalanuvchining fikriga javob berish
Arsenalni xaqiqiy muxlislariga xurmat saqlagan xolda. Arsenalni 2 soatli muxlislari qani 15 kun oldingi
Interi 24 soatli muhlislari qani ekan Arsenal 2 ta uyinda zorga 1 gol urdi demak utgan bosqichda Arsenal Autsaydr bilan uynagan bup chiqvotmi shunda
+3   
08 may 01:39:06
Manchester City Championes
Сака чичкок блаа
+2   
08 may 02:08:23
M.B
Реал баракани Мбаппега рокировка килди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика