So’nggi yangiliklar

16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  2 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 15:45ЖЧ-2026 саралаши. Япония - Австралия (Матнли трансляция)  4 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  5 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  30 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  25

ECHL. Barchasi so'nggi turda hal bo'ladi! Istanbuldagi yomg'irli oqshomda "Galatasaroy" va MYU jangovar durangga imzo chekishdi Yangiliklar

ECHL. Barchasi so'nggi turda hal bo'ladi! Istanbuldagi yomg'irli oqshomda "Galatasaroy" va MYU jangovar durangga imzo chekishdi

Evropa CHempionlar Ligasi beshinchi turidan o'rin olgan "Galatasaroy" – "Manchester Yunayted" uchrashuvi yakunlandi.

ECHL. "Galatasaroy"  – "Manchester Yunayted" 3:3

Gollar: Alexandro Garnacho (Brunu Fernandesh) 11', Brunu Fernandesh (Lyuk SHou) 18', Xakim Ziesh 29', 62', Skott Maktominey (Aaron Uan-Bissaka) 55', Muhammad Aktyurkog'lu (Xakim Ziesh) 71'

"Galatasaroy": 1. Fernando Muslera, 93. Sasha Boe, 42. Abdyulkerim Bardakji, 23. Kaan Ayxan, 3. Anoxelino (25. Viktor Nelson 82'), 34. Lukas Torreyra, 91. Tangi Ndombele (27. Serjio Oliveyra 60'), 22. Xakim Ziesh (53. Baris Alper Yilmaz 82'), 10. Dris Mertens (7. Muhammad Aktyurkog'lu 60'), 14. Uilfrid Zaa (8. Kerem Demirbay 88'), 9. Mauro Ikardi.

Zaxira: 19. Gunay Guvench, 20. Tete, 88. Kazimchan Karatash, 94. Sedrik Bakambu. 

"Manchester Yunayted": 24. Andre Onana, 29. Aaron Uan-Bissaka (20. Diogu Dalot 78'), 2. Viktor Lindelef, 5. Xarri Maguayr, 23. Lyuk SHou, 39. Skott Maktominey, 4. Sofyan Amrabat (37. Kobbie Maino 58'), 21. Antoni, 8. Brunu Fernandesh, 17. Alexandro Garnacho (28. Fakundo Pelistri 78'), 11. Rasmus Xoylund (9. Antoni Marsyal 58').

Zaxira: 1. Altay Bayindir, 22. Tom Xiton, 19. Rafael Varan, 15. Serxio Regilon, 44. Daniel Gor, 46. Xannibal Mejbri, 52. Jo Xugil.

Ogohlantirishlar: Brunu Fernandesh 27', Sasha Boe 42', Sofyan Amrabat 45+2', Kaan Ayxan 54', Lyuk SHou 59', Aaron Uan-Bissaka 64'

Galatasaray

Hakim Ziyech - 29', Hakim Ziyech - 62', Kerem Akturkoglu - 71'

Champions League Grp. A . 5-tur

29/11/2023, 21:45

3
:
3
Tugadi

Manchester United

Alejandro Garnacho - 11', Bruno Fernandes - 18', Scott McTominay - 55'

Stadion: Rams Global Stadyumu, 51733 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
29'  Hakim Ziyech
42'  Sacha Boey
54'  Kaan Ayhan
60'  Tanguy Ndombele (Sergio Oliveira)
60'  Dries Mertens (Kerem Akturkoglu)
62'  Hakim Ziyech
71'  Kerem Akturkoglu
71'  Hakim Ziyech
82'  Hakim Ziyech (Baris Alper Yilmaz)
82'  Angelino (Victor Nelsson)
88'  Wilfried Zaha (Kerem Demirbay)
11'  Alejandro Garnacho
11'  Bruno Fernandes
18'  Bruno Fernandes
18'  Luke Shaw
27'  Bruno Fernandes
45'  Sofyan Amrabat
55'  Scott McTominay
55'  Aaron Wan-Bissaka
58'  Sofyan Amrabat (Kobbie Mainoo)
58'  Rasmus Hoejlund (Anthony Martial)
59'  Luke Shaw
64'  Aaron Wan-Bissaka
78'  Alejandro Garnacho (Facundo Pellistri)
78'  Aaron Wan-Bissaka (Diogo Dalot)


90+3. O'yin yakunlandi, jangovar durang!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Dalot to'pni markazga uzatdi, to'p himoyachilarga tegib palapartish holat yuzaga keldi, Pelistrining zarbasi esa darvozagacha bormadi va to'pni Muslera ushlab oldi.

86. Yana bir zarba Zaadan. Bu safar noaniq bo'ldi.

85. Brununing zarbasi darvoza ustuniga tegdi.

84. Zaaning zarbasini Onana ushlab oldi.

79. Pelistrining zarbasi noaniq.

77. Yana bir zarba Maktominaydan bo'ldi. Biroq ushbu zarba ham noaniq.

76. Garnachoning zarbasi noaniq bo'ldi.

75. Maydon egalari hujumlar uyushtirishdan tinmayapti. 

73. O'yinning asosiy vaqti yakunlanishiga yarim soatdan kamroq vaqt qolmoqda. Temp juda yuqori. 

Aktyurkog'lu o'ziga uzatilgan to'pni ajoyib tarzda to'xtatib oldi va darvoza tomon zarba berdi, to'p darvoza to'ridan joy oldi!

71. GOL! Muhammad Aktyurkog'lu hisobni tenglashtirdi!

68. Zieshning uzoq masofadan, o'tkir burchakdan yo'llagan ajoyib zarbasini Onana qaytarib yubordi!

66. Muxammed Aktyurkogluning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Onana ushlab oldi.

64. O'yin qizigandan qizib bormoqda. Sariq kartochkalar, antiqa va super gollar, umuman olganda barchasi bor. 

62. GOL! Ziesh chamasi 28 metr uzoqda belgilangan jarima zarbasidan to'pni darvozaga yo'lladi, Onana ushlab olishi kerak bo'lganda qo'yib yubordi va darvozaga to'p kirdi!

58. MYU maydonga bir nafar hujumkor yarim himoyachi va hujumchini zaxiradan maydonga chiqardi. Manchesterliklar hujumkorlikdan yiroqlashish niyati yo'q. 

MYU oldinga yurish qildi, Aaron Uan-Bissaka o'ng qanotdan to'pni markazga uzatdi, Skot darvozaning burchagiga zarba berdi va gol urdi!

55. GOL! Skot Maktominay hisobni ikkita oshirdi!

54. Garnachoning zarbasi noaniq bo'ldi.

52. Brununing uzatma aralash zarbasidan so'ng Muslera to'pni qo'lidan chiqarib yubordi.

48. Maydon egalari taymnni yaxshi boshlashdi. Qanotdan uzatilgan to'pni Ayxan darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Mauro Ikardi darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va gol urdi. Biroq ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat bo'lgani malum bo'ldi.

38. Fernandeshning burchakdan uzatib bergan to'pni Maktominay darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

32. Zieshning yana bir zarbasi esa noaniq bo'ldi.

30. O'yinga intriga yana qaytdi, istanbullik muxlislar jonlandi. Buyog'iga uchrashuv yanada qiziq bo'lishi aniq!

29. GOL! Ziesh jarima zarbasidan gol urdi!

25. Bugun mezbonlarning hujumlari umuman o'xshmayapti. 

Portugaliyalik futbolchining chamasi 25 metrlardan yo'llagan zarbasi to'g'ri darvoza to'ridan joy oldi! Darvozabon hech narsa qila olmadi!

18. GOL! Brunudan super, super, super gol! Ha, bu traektoriya fizika qonunlariga zid!

16. Hakam bu vaziyatda o'yin qoidasi buzilmadi, deb topdi va o'yin davom etadi.

15. "Galatasaroy" futbolchilari MYU darvozasi oldida xavfli vaziyatga yuzaga keltirishdi. To'p jarima maydonchasi ichida Maktomineyning qo'liga tegdi. Holat VARda ko'rib chiqilmoqda.

13. Buyog'iga o'yin yanada qizishi aniq. Maydon egalari yanada ko'proq hujumlar uyushtirishga intilmoqda.

MYUning ajoyib kombinaciyasi natijasida to'p Xoylundga kelib tushdi, uning uzatmasidan so'ng Garnacho to'pni darvozaga yo'lladi va gol urdi!

11. GOL! Garnacho uchrashuvda hisobni ochdi!

5. Garnacho chapdan yurish qilib to'pni markazga uzatdi, biroq yakuniy zarba berilmadi. 

4. Mertenesning chamasi 26 metrlardan bergan zarbasini Onana qaytardi.

2. Dastlabki hujum mezbonlardan bo'ldi. Zaa hujumni boshlab berdi. Ikardi davom ettirdi, yakuniy zarbani Ziesh berdi, to'p manchesterlik himoyachiga tegib maydonni tark etdi. 

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:45 da boshlanadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика