So’nggi yangiliklar

16:39Месси Аргентинанинг июнь ойидаги ўйинлари учун таркибга киритилди  0 16:06"Милан" ҳимоячиси "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди  1 15:40"Барселона" келаси мавсумда "Камп Ноу"га қайтишни режалаштирмоқда  5 15:13"Милан" Итальянони бош мураббийлик учун номзод сифатида кўрмоқда  1 14:46Палмер наздида дунёнинг энг яхши футболчиси ким?  8 14:22"Футбол олами". Хайр, "Насаф". Қойил, "Лочин". Ўзбекистон кубогида 4 та гуруҳ ўйинлари тугади  0 14:05Родри Мадрид фахрий медали билан тақдирланди  1 13:38"Челси" Англия терма жамоаси аъзосини кузатмоқда  0 13:11"Барселона" Шенснига ўринбосар қидирмоқда  4 12:43"Бавария" етакчиларидан бири билан шартномани узайтиришга тайёр  1 12:17Рубен Аморим: "Финалга тайёрланишнинг энг яхши усули – "Челси"га қарши ўйнаш"  4 11:42Хёйсен яқин соатларда "Реал"да тиббий кўрикдан ўтади  22 11:1838 ёшли Варди нима учун фаолиятини якунлаш нияти йўқлигини тушунтирди  1 10:51Анчелоттига Бразилия термасида кимлар ёрдам бериши маълум  2 10:20Педри “Барселона“ рекордини ўрнатди  12

Dostonbek Hamdamov: “Bugungi raqib bizdan kuchli emasdi” Yangiliklar

Dostonbek Hamdamov: “Bugungi raqib bizdan kuchli emasdi”

OFK Elit CHempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan “Paxtakor” - “Al-Vasl” (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar vakili Dostonbek Hamdamov miks-zonada o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Avvalo uchrashuvga tashrif buyurib, qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga raxmat aytaman. G'alaba uchun astoydil harakat qildik. Biroq, qancha urinmaylik, to'p darvoza to'riga kirmadi. Navbatdagi uchrashuvlarga yanada jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.

- Bugungi uchrashuvda “Al Vasl” ustunlik bilan o'ynagandek ko'rinmadi. “Paxtakor”ga g'alaba uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- To'g'ri aytdingiz, bugun raqibimiz bizdan kuchli emasdi. Teng kurashlar ostidagi o'yin bo'ldi. Birgina standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. “Al Vasl” yaqqol golli hujum tashkil qila olmadi.

- “Paxtakor”ning Elit CHempionlar Ligasidagi maqsadi qanday?

- Har bir o'yinda g'alaba qozonish maqsadimiz bor. SHu maqsad yo'lida barchamiz harakat qilamiz.

- Superligada “Nasaf” ochkolar borasida ilgarilab ketdi. Nima deb o'ylaysiz, “Paxtakor” bu yilgi mavsumda chempion bo'la olmaydimi?

- Hozirdan bunday deb hisoblash to'g'ri bo'lmaydi. Biz albatta harakat qilamiz. Mavsum yakunida qaysi jamoa chempion bo'lishi aniq bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика