So’nggi yangiliklar

21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  2 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  47

Diyor Mirzaboev: “Hayot davom etadi. Ishlashda davom etishimiz kerak” Yangiliklar

Diyor Mirzaboev: “Hayot davom etadi. Ishlashda davom etishimiz kerak”

Pro liga 16-turining qoldirilgan bellashuvida “Turon” o'z maydonida “Yangier-Quruvchi” (2:0) jamoasidan ustun keldi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida yangierliklar bosh murabbiyi Diyor Mirzaboev ishtirok etdi.


- Diyor aka, avvalo bugungi uchrashuv borasida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

- Bugun ochiq futbol bo'ldi. Har ikkala jamoada gol urish uchun ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Biz havotir olgan holatda gol o'tkazib yubordik. Aytaylik, ikkinchi bo'lim oxirlarida Abdurahmon Abdulhaqovda qulay holat bo'ldi, u foydalana olganida natija boshqacha bo'lishi mumkin edi. Bizda bosim bor bo'lib, g'alaba qozona olsak, 5-o'rinni qo'lga kiritish uchun imkoniyatimiz oshardi. SHunday bo'lsada, jamoamiz futbolchilariga rahmat aytaman. Ular oxirigacha kurashdik, lekin tajriba o'z so'zini aytdi. “Turon”da baribir tajribali futbolchilar bor, bu esa o'yinda yaqqol sezilib qoldi. Ming afsuski, kuchli beshtalikka kira olmadik, qo'yilgan vazifani bajara olmadik. Hayot davom etadi. Biz esa ishlashda davom etamiz. 

- Siz Farg'ona jamoalariga qarshi o'ynaganda o'zingizni qanday his qilasiz?

- O'zi asli farg'onalikman. Lekin 2017 yildan beri asosan boshqa viloyat klublarida ishlamoqdaman. Mana masalan “Andijon”, “Mashal” va hozirda “Yangier” klubida ishlamoqdaman. Bunday jamoalarga qarshi bahsda natija qilishni istaysiz. Lekin futboda harakatning o'zi kamlik qiladi. Oldinda muammolarimiz ko'p. Vaziyatlar bo'lyapti, lekin gol urolmayapmiz. “Yangier” ham “Turon” kabi yosh jamoa hisoblanadi. Imkon qadar mavsumni yaxshi o'rinlarning birida tugatishga harakat qilamiz.

- Said Abdujabbarovning zaxirada qoldirilganiga nima sabab bo'ldi?

- Bilasizmi, avvalgi turda “Xorazm”ga qarshi bellashuvda jamoaning ikki nafar asosiy yarim himoyachilari o'ynamagandi. Jumladan, Said Abdujabbarov sariq kartochkalari soni 4taga etgani sababli, o'tkazib yuborgandi. Bu o'yinga qadar 4 kun jamoa bilan mashg'ulot o'tkazgandi. Ko'p vaqt mashg'ulot o'tkazmagani sabab zaxirada qoldirildi. 

- Bugun jamoangiz futbolchilari hakamlarga ko'p marotaba etiroz bildirdi. Bunga fikringiz?

- O'zimiz ham vaqtida futbol o'ynaganmiz. O'yin vaqtida hissiyotga berilamiz. Qaerdadir hakam to'g'ri qarorini noto'g'ri qabul qilishgandir. Lekin o'yindan keyin video takrorni ko'rib, o'zlari xato fikrga kelganini bilishadi. Deylik, o'yin oldidan yigitlar, bu biz uchun so'nggi imkoniyat, g'alaba qozonishimiz kerak deb takidlagandim. Balki shu sabab biroz ehtiyoroslarga berilgandir. 

- Superligaga chiqish uchun qaysi jamoalarning imkoniyatini yuqori baholaysiz?

- Menimcha, “Andijon” yaqqol favorit hisoblanadi. Men “Yangier”ga murabbiy sifatida tayinlanganimdan so'ng yuqoridagi jamoalarga qarshi o'ynab chiqdik. Nazarimda, “Andijon” boshqalardan ancha kuchli ko'rinmoqda. 

- Sobiq jamoangiz “Mashal”ning imkoniyatiga qanday fikrdasiz? 

- “Turon” bugun g'alaba qozonib, “Mashal”dan yanada ilgarilab ketdi. Ertaga “Mashal” o'z maydonida “Andijon”dan ustun kelsa, keyingi bosqichdagi imkoniyatini yanada yaxshilab olishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика