“Dinamo” hujumchisi “Barselona” nishonida
19 noy 2019 01:13
Yangiliklar
“Dinamo” hujumchisi “Barselona” nishonida
Zagrebning “Dinamo” klubi hujumchisi Bruno Petkovichga Kataloniya klubi qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda “Tportal”ga tayanib Marca nashri.
Manba xabariga ko'ra, “Barselona” sport direktori Erik Abidal Evro-2020 saralash bahslari doirasida Xorvatiya-Slovakiya (3:1) terma jamoalari o'rtasidagi bahsni bevosita stadiondan kuzatgan va bu bahsda xorvatiyaliklar safida hujumchi g'alaba goliga mualliflik qilgan.
Xabarlarga qaraganda “Barselona” Luis Suaresga munosib o'rinbosar qidirish ishlari bilan band. 25 yoshli xorvatiyalik hujumchining nomi esa esa kataloniya klubi ko'rib chiqayotgan nomzodlar orasida bor.
Joriy mavsumda Petkovich “Dinamo” safida Xorvatiya chempionatida 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 3 ta golga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar