Desham: "Pogbaning qayg'usiga befarq bo'la olmayman"
01 mar 2024 13:45
Yangiliklar
Desham: "Pogbaning qayg'usiga befarq bo'la olmayman"
Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham yarim himoyachi Pol Pogbaning uzoq muddatli diskvalifikaciyasi haqida gapirdi.
"Men Polning doping istemol qilish niyati yoki istagi borligini bir soniya ham tasavvur qila olmayman. Terma jamoadagi yutuqlari va munosabatlarimizni inobatga olsak, uning qayg'usiga befarq bo'la olmayman, albatta.
Uning ahvoli meni qayg'uga soladi va men butun qalbim bilan uni hal qilish mumkinligiga umid qilaman. Hech bo'lmaganda men bunga ishonishni xohlayman. Olingan ikkita namuna bo'yicha faktlar mavjud. Gormonning mavjudligi shubhaga olib kelmaydi.
Muammo bor va Pol CAS'da o'zini himoya qilish va bila turib taqiqlangan dori-darmonlarni qabul qilmaganiga sudyalarni ishontirish uchun yana bir kurashga duch kelmoqda", – dedi Desham.
Eslatib o'tamiz, Pogba doping uchun 4 yilga diskvalifikaciya qilindi. Franciyalikda testosteron darajasi juda yuqori ekanligi aniqlandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar