Denis Korostichenko: “Biri-biridan farqli ikki xil bo'limlar guvohiga aylandik”
21 sen 2024 22:57
Yangiliklar
Denis Korostichenko: “Biri-biridan farqli ikki xil bo'limlar guvohiga aylandik”
O'yin haqida
- Og'ir o'yin bo'ldi. Uchrashuvning ikki bo'limi bir-biridan farqli o'tdi. Birinchi bo'limda vaziyatlar yaratdik, biroq foydalana olmadik. Ikkinchi bo'lim mehmon jamoa faolligi ostida o'tdi va ijobiy natija ular tomonida bo'ldi. “Dinamo” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.
- “Olimpik” o'yinlarda ikkita bo'limni bir xil tempda ushlay olmayotganiga sabab nima?
- Birinchidan, bizga tajriba etishmayapti. Yosh futbolchilar har doim bir xil tempda o'ynashi qiyin. Kurashlarga kirishishda turlicha vaziyatlarga duch kelayapmiz, masalan bazan tez, yoki bazida juda sekin harakat qilayapmiz. Xatolar bor, yigitlar yosh, tajriba eng muhimi.
- “Olimpik”da avvalgi ruhiyat saqlanib qolgan. O'sha Kapadze davrida ham jamoa har qanday vaziyatda ishonch bilan harakat qilardi. Jamoa murabbiylar shtabida ishlaganingiz hozirga kelib ham foyda berayaptimi?
- Ha, biz avval klub murabbiylar shtabida ishlaganmiz. Jamoa uslubini saqlab qolganmiz, kartina o'sha. Olimpiya terma jamoasiga asosiy nomzod futbolchilar bilan ishlayapmiz. Jamoa maqsadi va ambiciyalari o'zgarmaydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar