De Xea: "MYUdagi hamma g'alabaga chanqoq"
04 jan 2023 14:45
Yangiliklar
De Xea: "MYUdagi hamma g'alabaga chanqoq"
De Xea "Manchester Yunayted"ning "Bornmut" ustidan qozonilgan g'alabasi (3:0) haqida fikr bildirdi.
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea Angliya chempionatining 19-turi doirasidagi "Bornmut" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0) haqida quyidagilarni aytib o'tdi:
"Biz yaxshi o'ynadik, jarima zarbasidan gol urdik va ikkinchi taym boshida o'yinni nazorat qildik.
To'g'ri, ikkinchi to'pdan so'ng ularda xavfli hujumlar yuzaga keldi, lekin men jamoamizni goldan saqlab qolishga muvaffaq bo'ldim.
Biz uch ochko oldik, kiyinish xonasida hamma g'alabaga chanqoq ekanligi ko'rinmoqda".
"Manchester Yunayted" ketma-ket to'rtta o'yinda g'alaba qozondi va 35 ochko bilan APL turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar